Sharofov Dilshod
Sharofov Dilshod
Jizzax viloyati «Ittifoq» bosh sardori, "Tahsin mukofoti' sovrindori
Jizzax viloyati «Ittifoq» bosh sardori, "Tahsin mukofoti' sovrindori
2005 yil 28-avgust Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug‘ilgan.
Hozirda Jizzax viloyati «Ittifoq» bosh sardori. Jizzax shahridagi 10-sonli umum ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, «Kamalak» bolalar tashkiloti va boshqa vazirlik va tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan loyihalarda faol ishtirok etganligi uchun turli diplom, sertifikat va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, «Eng namunali Sardorlar Kengashi» tanlovlari, «Kamalak» bolalar tashkilotining an’anaviy anjumanlarida, IT yo‘nalishidagi forum va loyihalarda, seminar-treninglarda, «Yoshlar forumi»larida faol ishtirok etib kelmoqda va ushbu yo‘nalishlarda bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritgan va taqdirlangan.
2018-2019 yillarda Respublika «Kamalak» sardori sifatida faoliyat yuritgan. 2018-2019 yillarda Bolalar va yoshlar o‘rtasida volontyorlik harakati rivojiga qo‘shgan hissasi yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ta’sis etilgan «Tahsin» mukofoti bilan taqdirlangan.
Sharofov Dilshod ushbu natijalarga qanday erishganligini: “Bu yutuqlarga erishishimda avvalo ota-onam, ustozlarim va tengdoshlarimning o‘rni kattadir. 2017-yilning so‘ngi oylarida sardorlik faoliyatimni boshlaganman. Tashkilotga kirib kelishimiga maktabimda «Yoshlar yetakchisi» hamda «Kamalak» bolalar tashkilotining an’anaviy loyihalari sababchi bo‘lgan. Sardorlikda rivojlanganman, bu tashkilot bolalarni kelajakdagi tayyor rahbar kadrlikga tayyorlaydi. Tengdoshlarimga maktabda bilim olish bilan birgalikda ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlarini, egallayotgan bilimini tengdoshlari orasida ko‘rsatib bera olishini va buning uchun avvalo lider bo‘lishini, ijtimoiy faolligini oshirishini tavsiya qilgan bo‘lar edim!”, -deb izohlaydi.
- Qo'shildi: 27.03.2023
- Ko'rishlar: 0
- Chop etish