Shakirov Saidravshan
Shakirov Saidravshan
Buxoro shahri “Monday Labs” IT kompaniyasi direktori “Shuhrat” medali sohibi
Buxoro shahri “Monday Labs” IT kompaniyasi direktori “Shuhrat” medali sohibi
Shakirov Saidravshan Sobirovich, 1995 yil, Buxoro shahrida tug’ilgan. Buxoro shahri “Monday Labs” IT kompaniyasi direktori “Shuhrat” medali sohibi.
Buxorolik frilanser Saidravshan Shokirov o‘zi asos solgan Monday Labs
dasturchilar maktabi orqali 2023 yilgacha olti mingdan ortiq dasturchi va dizayner tayyorlab, xorijga IT xizmatlarini eksport qilishni rejalashtirgan.
25 yoshli bu yigit Toptal.com Butunjahon frilanserlar dasturchisi sanaladi. U IT sohasida 10 yildan buyon ishlab kelmoqda. Hozirgacha 38 ta yirik loyiha ustida ish olib borgan. Malakali, tajribaga ega Saidravshan 2020 yilning yanvar oyida Monday Labs akademiyasini, fevral oyida CRM - (Customer Relationship Management) Neo startapining birinchi versiyasini yaratdi.
IT olamiga kirib kelishingiz qanday bo‘lgan?
— Bilasizmi, IT sohasiga kirib kelishimdan avval juda ko‘p sohalarda o‘zimni sinab ko‘rganman. Hattoki, etikdo‘zlik qilishimga ham to‘g‘ri kelgan. Maktabda o‘qib yurgan kezlarim ustachilik ham qilganman. 14 yoshga kirganimda tog‘am menga photoshop va dasturlash haqidagi videodarslar yozilgan disk sovg‘a qilganlar va shu orqali menda IT sohasiga qiziqish paydo bo‘lgan. Avvaliga unga kasb sifatida qaramaganman. Boisi atrofimda aytishniklar bo‘lmagan. 15 yoshimda turli mehmonxonalarga borib o‘z xizmatlarimni taklif qilib ko‘rganman. Ilk loyiham 250 dollar atrofida bo‘lgan va shaxsiy daromadimga o‘sha paytda eng so‘nggi modeldagi telefonni sotib olish menga bu sohani yanada mukammalroq o‘rganishimga motivatsiya bergan.
Frilanserlik faoliyatingizni qaysi kompaniyada boshlagansiz?
— Men ish boshlagan paytlarim aksariyat insonlar asosan knopkali telefon ishlatishardi, hammada ham kompyuter yo‘q edi. Shu bois xam o‘z xizmatlarimni tushuntirib berishga qiynalardim.
O‘sha kezlarda frilans birjasi haqida eshitib qolganman va avvaliga o‘zim ro‘yxatdan o‘tib mijozlar bilan suhbatlashganimda ular 15 yoshli bolaga ishonishmagan. Shunda tog‘amdan iltimos qilib, ularning nomlaridan ish boshlaganman. Shundan so‘ng to ulg‘aygunimgacha tog‘am org‘ali buyurtmalarni qabul qilib frilanserlik faoliyatimni boshlaganman. 2018 yildan buyon Toptal platformasida frilanser-dasturchi sifatida ishlab kelmoqdaman.
Frilanserlik bilan shug‘ullanishning bugungi kundagi ahamiyati...
— Agar siz har kuni bitta ishxonada ishlab, bir xil kun tartibidan zerikkan bo‘lsangiz, frilans birjasi sizga turli yo‘nalishlarda o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, ish beruvchilar uchun ham bir kishini ishga olib, unga muntazam oylik maosh to‘lab borgandan ko‘ra, ma’lum bir ish uchun frilanser yollash ancha arzon tushadi.
Yoshlarni frilanserlik yo‘nalishida faoliyat yuritishga qiziqtirish uchun nimalar qilish kerak?
— Muvaffaqiyatga erishgan mashhur frilanserlar, dasturchilar haqida ko‘proq ma’lumot berish, ularning ish faoliyatini yoritib borish ham ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Qolaversa, kelajak avlodda bolalikdan bu soha haqida qiziqish uyg‘otish uchun maktab darsliklari sirasiga dasturlash fani ham kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Monday Academy haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz...
— Frilanser sifatida ishlar ekanman, faqatgina dasturchilik bilangina chegaralanib qolishni istamadim. Shu bois o‘zimning shaxsiy biznesimni boshlashga qaror qildim.
Bunda, albatta, dasturchilikka qiziquvchi yoshlarning o‘qib-o‘rganishlari uchun o‘zim tug‘ilib-o‘sgan Buxoro shahrida IT sohasi bo‘yicha ta’lim beruvchi Monday akademiyasini ochishga qaror qildim.
Hozirgi kungacha akademiyamizda 3000 ga yaqin yoshlarning IT savodxonligini oshirishga yordam bergan bo‘lsak, ayni damda 250 nafar o‘quvchi 7 oylik va 1 yillik o‘quv kurslarimizda o‘qishmoqda.
Akademiyangiz bitiruvchilarining ishga joylashishlariga ham yordam berasizmi?
— Eng yaxshi o‘quvchilarni, avvalo, o‘zimiz ish bilan ta’minlaymiz. Boshqa o‘quvchilarimizga esa frilans birjasidan qanday qilib ish topish mumkinligi va ishga kirayotganda nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi borasida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatamiz
- Qo'shildi: 25.03.2023
- Ko'rishlar: 0
- Chop etish