
Marjona Qudratova

Marjona Qudratova
Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori bo'yicha taqdim etiladigan grand sohibi
Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori bo'yicha taqdim etiladigan grand sohibi
Marjona Qudratova 2003-yil Buxoro tumanida tug`ilgan, Bugfungi kunda BuxDPI 2- kurs talabasi, Yoshlar ittifoqining tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qaror bo'yicha o'qishga Davlat Granti asosida qabul qilingan, O`z LIDEP yoshlar parlamenti a’zosi. Resinart o`quv –kuri rahbari.
Men o`z faoliyatimni 2017-yil maktab sardorligidan boshlaganman. Namunali faoliyatim tufayli dastlab, tuman sardori, so`ng Viloyat Yoshlar Ittifoqi Sardorlar Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritganman. O`z faoliyatim davomida bir nechta mualliflik loyihalarimni amalga oshirdim.
Xususan “Kamalakdan kamol topganlar” mualliflik loyiham butun Respublika bo`yicha targ`ib qilindi. Jamoat ishlarida ijtimoiy faolligim, ko’plab tanlovlarda faol ishtirokim , namunali sardorlik faoliyatim tufayli 2021-yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori asosida oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish boʻyicha imtiyozga - Buxoro viloyat Ittifoq sardori –men ega bo'ldim. Bu men uchun barcha harakatlarim, maqsadlarining samarasi bo`ldi.
Bugungi kunda institut tadbirlarida ham faolman, bundan tashqari Resinart o`quv –kursini tashkil etib, epoksi smolasidan tabiat manzaralarini hamda dekorativ kartinalarini yaratib, o`z ko`rgazmamni tashkil etish niyatidaman. Rahbarligim ostida 6 nafar o`quvchi-shogirtlarim ham o`z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Yoshlarga aytadigan tavsiyalarim -Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karyerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Nima uchun ba’zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi,
Bugungi kunda o‘z sohasida katta yutuqlarga erishgan taniqli insonlar hayoti va faoliyati tahlillari, ular muvaffaqiyatining asosiy kalitlaridan biri — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olganliklarida ekanligini ko‘rsatmoqda. Dunyoning katta muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlari o‘z vaqtini kelajakda ularga foyda keltiradigan ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlarini o‘rganishga sarflashadi, faoliyatini yanada kengaytirishga kafolat bo‘la oladigan barcha yangiliklarga sarmoya tikishadi. Muvaffaqiyatlar darhol sezilmasligi mumkin, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, oxir-oqibat, misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishadi. Men ham bugungi kunda o’z biznesimga aylangan va menga, o`quvchilarimga yaxshigina daromad keltirayotgan kartina yaratish biznesimni bundan 1yil ilgari shunchaki tasavvur qilardim xolos. Nihoyat bu ish bilan jiddiy shug`ullanishga, o`zimdagi hali ochilmagan qirralarni ochishga qaror qildim va ko`rib turganinggizdek, 20 yoshimda moliyaviy mustaqillikk erishdim. Qachonki biz ilm va hunarni puxta egallab , doimo uni rivojlantirish payida bo`lsakkina, biz rivojlanishda, yuksalishda davom etamiz. Aziz yoshlar, fikrim so`ngida shuni aytmoqchimanki, ilm olishdan, maqsad tomon jadal harakat qilishdan hech qachon charchamang. Zero, biz kelajak bunyodkorlarimiz!
- Qo'shildi: 25.03.2023
- Ko'rishlar: 0
- Chop etish