Toshkent davlat agrar universitetida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Toshkent davlat agrar universitetining Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil qilingan bayramona tadbirda mashaqqatli va sharafli kasb egalari boʻlmish aziz ustozlar eʼtirof etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar barcha ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy tilaklar ila tabriklashdi.

Shuningdek, yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda, ularning jamiyat uchun nafi tegadigan komil shaxs boʻlishlarida o‘qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnati beqiyosligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Bayramona tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.