Молодёжь Узбекистана Информационный портал
Mustaqil axborot portali. Sayt O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining rasmiy sayti emas, tashkilot nomidan ish yuritmaydi va ariza qabul qilmaydi. Независимый справочник, не официальный сайт организации. O portale Konfidensiallik Aloqa
HEMIS hemis.uzOliy ta'lim boshqaruv axborot tizimi Rasmiy tizim
Yagona kirish — my.hemis.uz Talaba ID bo'yicha umumiy kirish nuqtasi, OTM tanlanadi
Biz oliy ta'lim muassasasi emasmiz. Login bermaymiz, parol tiklamaymiz, talabalar hisob yozuvlariga kira olmaymiz. Kirish masalalarini dekanat va OTM IT bo'limi hal qiladi.

O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talaba kabinetini HEMIS tizimida yuritadi. Har bir OTMning o'z manzili bor va ular bir xil ko'rinishda emas: ko'pchilikda student bilan boshlanadi, ayrimlarida talaba yoki hstudent. Quyida 249 ta muassasaning kirish manzili bitta ro'yxatga jamlangan, keyin esa kirish tartibi, keng tarqalgan xatolar va kabinet ichidagi bo'limlar tushuntirilgan.

Bu sahifa — ma'lumotnoma. Biz login bermaymiz, parol tiklamaymiz va hisob yozuvlariga kira olmaymiz. Har bir qator OTMning rasmiy kabinet manziliga olib boradi.

OTM kabinetini toping

Qidiruv maydoniga OTM nomini, qisqartmasini yoki domenini yozing. Masalan: Farg'ona, fdu yoki student.fdu.uz.

Ro'yxatda 249 ta oliy ta'lim muassasasi

Oliy ta'lim muassasasiKabinet domeniKirish
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti univ-silkroad · Universitet
Rasmiy sayt
student.univ-silkroad.uz Kirish
"Riga Nordic University"ning Farg'ona shahridagi filiali 410 · Filial 410.hemis.uz Kirish
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instititi tiiamebb · OTM
Rasmiy sayt
student.tiiamebb.uz Kirish
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti tiiame · Universitet
Rasmiy sayt
student.tiiame.uz Kirish
“Cyber university” davlat universiteti csu · Universitet
Rasmiy sayt
student.csu.uz Kirish
“INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE” institut isft · Institut
Rasmiy sayt
student.isft.uz Kirish
«Sankt-Peterburg davlat universiteti» Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi Toshkent shahridagi filiali 518 · Filial 518.hemis.uz Kirish
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti avloniy · Institut
Rasmiy sayt
student.avloniy.uz Kirish
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bsmi · Institut
Rasmiy sayt
student.bsmi.uz Kirish
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti urdu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.urdu.uz Kirish
Abu Rayhon Beruniy universiteti arbu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.arbu-edu.uz Kirish
Abu Rayhon Beruniy universiteti NTM (Qarshi kampusi) arbu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student-qash.arbu-edu.uz Kirish
Abu Rayhon Beruniy universiteti NTM (Samarqand kampusi) arbu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student-sam.arbu-edu.uz Kirish
Acharya universiteti acharya · Universitet
Rasmiy sayt
student.acharya.uz Kirish
AFRASIAB UNIVERSITY isfi · Universitet
Rasmiy sayt
student.isfi.uz Kirish
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ndpi · Institut
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.ndpi.uz Kirish
ALFRAGANUS UNIVERSITY alfraganusuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.alfraganusuniversity.uz Kirish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti navoiy-uni · Universitet
Rasmiy sayt
student.navoiy-uni.uz Kirish
Al-Xorazmiy Universiteti akhu · Universitet
Rasmiy sayt
student.akhu.uz Kirish
Amerika texnologiyalar universiteti aut-edu · Universitet
Rasmiy sayt
hemis.aut-edu.uz Kirish
Andijon davlat chet tillari instituti adchti · Institut
Rasmiy sayt
student.adchti.uz Kirish
Andijon davlat pedagogika instituti adpi · Institut
Rasmiy sayt
student.adpi.uz Kirish
Andijon davlat texnika instituti astiedu · Institut
Rasmiy sayt
student.astiedu.uz Kirish
Andijon davlat tibbiyot instituti adti · Institut
Rasmiy sayt
student.adti.uz Kirish
Andijon davlat universiteti adu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.adu.uz Kirish
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti eduaiqi · Institut
Rasmiy sayt
student.eduaiqi.uz Kirish
Andijon mashinasozlik instituti andmiedu · Institut
Rasmiy sayt
student.andmiedu.uz Kirish
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti andqxai · Institut
Rasmiy sayt
student.andqxai.uz Kirish
Angren universiteti auniver · Universitet
Rasmiy sayt
student.auniver.uz Kirish
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti aifu · Universitet
Rasmiy sayt
student.aifu.uz Kirish
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali astu · Filial
Rasmiy sayt
hemis.astu.uz Kirish
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti atmu · Universitet
Rasmiy sayt
student.atmu.uz Kirish
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti karsu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.karsu.uz Kirish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi gsbe · OTM
Rasmiy sayt
student.gsbe.uz Kirish
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti estrada-art · Institut
Rasmiy sayt
student.estrada-art.uz Kirish
British Management University in Tashkent bmu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.bmu-edu.uz Kirish
Buxoro davlat pedagogika instituti buxdpi · Institut
Rasmiy sayt
student.buxdpi.uz Kirish
Buxoro davlat texnika universiteti bstu · Universitet
Rasmiy sayt
student.bstu.uz Kirish
Buxoro davlat universiteti buxdu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.buxdu.uz Kirish
Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti biti · Universitet
Rasmiy sayt
student.biti.uz Kirish
Buxoro innovatsiyalar universiteti buxiu · Universitet
Rasmiy sayt
student.buxiu.uz Kirish
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bmti · Institut
Rasmiy sayt
student.bmti.uz Kirish
Buxoro xalqaro universiteti buxpxti · Universitet
Rasmiy sayt
student.buxpxti.uz Kirish
Central Asian Medical University tibbiyot universiteti camuf · Universitet
Rasmiy sayt
student.camuf.uz Kirish
Central Asian University centralasian · Universitet
Rasmiy sayt
student.centralasian.uz Kirish
Chirchiq davlat pedagogika universiteti cspi · Universitet
Rasmiy sayt
student.cspi.uz Kirish
Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti chfma · Universitet
Rasmiy sayt
student.chfma.uz Kirish
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali muctr · Filial
Rasmiy sayt
hemis.muctr.uz Kirish
Digital university idu · Universitet
Rasmiy sayt
hemis.idu.uz Kirish
Diplomat University diplomat.university · Universitet
Rasmiy sayt
student.diplomat.university Kirish
EMU UNIVERSITY (EURASIAN MULTIDISCIPLINARY UNIVERSITY) emuni · Universitet
Rasmiy sayt
student.emuni.uz Kirish
Farg‘ona davlat universiteti fdu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.fdu.uz Kirish
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti fjsti · Institut
Rasmiy sayt
student.fjsti.uz Kirish
Farg‘ona politexnika instituti ferpi · Institut
Rasmiy sayt
student.ferpi.uz Kirish
Farg'ona davlat texnika universiteti fstu · Universitet
Rasmiy sayt
student.fstu.uz Kirish
Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti ukiu · Universitet
Rasmiy sayt
student.ukiu.uz Kirish
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti ftti · Institut
Rasmiy sayt
student.ftti.uz Kirish
Farmatsevtika texnik universiteti ptu · Universitet
Rasmiy sayt
student.ptu.uz Kirish
Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS ning Olmaliq shahridagi filiali 408 · Filial 408.hemis.uz Kirish
G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali 419 · Filial 419.hemis.uz Kirish
Geologiya fanlari universiteti uzgeouniver · Universitet
Rasmiy sayt
student.uzgeouniver.uz Kirish
Guliston davlat pedagogika instituti gspi · Institut
Rasmiy sayt
student.gspi.uz Kirish
Guliston davlat universiteti guldu · Universitet
Rasmiy sayt
student.guldu.uz Kirish
Hadis ilmi maktabi muhaddis · OTM
Rasmiy sayt
student.muhaddis.uz Kirish
HEMIS axborot tizimi universiteti hemis · Universitet
Rasmiy sayt
student.hemis.uz Kirish
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali 417 · Filial 417.hemis.uz Kirish
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti oliymahad · Institut
Rasmiy sayt
student.oliymahad.uz Kirish
Imom Termiziy nomidagi islom instituti imomtermiziy · Institut
Rasmiy sayt
student.imomtermiziy.uz Kirish
IMPULS tibbiyot instituti impulsmi · Institut
Rasmiy sayt
student.impulsmi.uz Kirish
IMPULS tibbiyot instituti (Chirchiq kampusi) impulsmi · Institut
Rasmiy sayt
student-ch.impulsmi.uz Kirish
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti iyiu · Universitet
Rasmiy sayt
student.iyiu.uz Kirish
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti ipu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.ipu-edu.uz Kirish
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti (Samarqand kampusi) ipu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
studentsam.ipu-edu.uz Kirish
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti namsifl · Institut
Rasmiy sayt
student.namsifl.uz Kirish
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tdtu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.tdtu.uz Kirish
IT Park University itpu · Universitet
Rasmiy sayt
student.itpu.uz Kirish
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uwed · Universitet
Rasmiy sayt
student.uwed.uz Kirish
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya da-uwed · Universitet
Rasmiy sayt
student.da-uwed.uz Kirish
Jamoat xavfsizligi universiteti mgjxu · Universitet
Rasmiy sayt
student.mgjxu.uz Kirish
Japan Digital University jdu · Universitet
Rasmiy sayt
student.jdu.uz Kirish
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institut jtsiti-hemis · Institut
Rasmiy sayt
student.jtsiti-hemis.uz Kirish
Jizzax davlat pedagogika universiteti jdpu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.jdpu.uz Kirish
Jizzax politexnika instituti jizpi · Institut
Rasmiy sayt
student.jizpi.uz Kirish
Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali 469 · Filial 469.hemis.uz Kirish
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mrdi · Institut
Rasmiy sayt
student.mrdi.uz Kirish
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti samdukf · Institut
Rasmiy sayt
student.samdukf.uz Kirish
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali msu · Filial
Rasmiy sayt
hemis.msu.uz Kirish
Maʼmun universiteti mamunedu · Universitet
Rasmiy sayt
student.mamunedu.uz Kirish
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) greenuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.greenuniversity.uz Kirish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi atso · Akademiya
Rasmiy sayt
student.atso.uz Kirish
MEI milliy tadqiqot universiteti Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent filiali 430 · Filial 430.hemis.uz Kirish
Millat umidi universiteti cambridge · Universitet
Rasmiy sayt
student.cambridge.uz Kirish
Mir arab oliy madrasasi mirarab · OTM
Rasmiy sayt
student.mirarab.uz Kirish
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nuu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
hstudent.nuu.uz Kirish
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali jbnuu · Filial
Rasmiy sayt
student.jbnuu.uz Kirish
MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali 425 · Filial 425.hemis.uz Kirish
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tuit · Universitet
Rasmiy sayt
xmn.tuit.uz Kirish
Namangan davlat pedagogika instituti namspi · Institut
Rasmiy sayt
student.namspi.uz Kirish
Namangan davlat texnika universiteti namdtu · Universitet
Rasmiy sayt
student.namdtu.uz Kirish
Namangan davlat universiteti namdu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.namdu.uz Kirish
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ndki · Universitet
Rasmiy sayt
student.ndki.uz Kirish
Navoiy davlat universiteti nspi · Universitet
Rasmiy sayt
student.nspi.uz Kirish
Navoiy innovatsiyalar universiteti niiedu · Universitet
Rasmiy sayt
student.niiedu.uz Kirish
Navoiy innovatsiyalar universiteti (Surxondaryo kampusi) niuedu · Universitet
Rasmiy sayt
student.niuedu.uz Kirish
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tdpu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.tdpu.uz Kirish
Nukus davlat texnika universiteti nukusstu · Universitet
Rasmiy sayt
student.nukusstu.uz Kirish
O‘zbek-fransuz universiteti ufuuz · Universitet
Rasmiy sayt
student.ufuuz.uz Kirish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali uzdjtsunf · Filial
Rasmiy sayt
student.uzdjtsunf.uz Kirish
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti uzswlu · Universitet
Rasmiy sayt
student.uzswlu.uz Kirish
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi konservatoriya · Akademiya
Rasmiy sayt
student.konservatoriya.uz Kirish
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dsmi · Institut
Rasmiy sayt
student.dsmi.uz Kirish
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf · Filial
Rasmiy sayt
student.uzdsmi-nf.uz Kirish
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali dsmi-qf · Filial
Rasmiy sayt
student.dsmi-qf.uz Kirish
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi usas · Akademiya
Rasmiy sayt
student.usas.uz Kirish
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jmcu · Universitet
Rasmiy sayt
student.jmcu.uz Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bfa · Akademiya
Rasmiy sayt
student.bfa.uz Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut fiin · Institut
Rasmiy sayt
student.fiin.uz Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi proacademy · Akademiya
Rasmiy sayt
student.proacademy.uz Kirish
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi iiau · Akademiya
Rasmiy sayt
student.iiau.uz Kirish
Olmaliq davlat texnika instituti tdtuof · Institut
Rasmiy sayt
student.tdtuof.uz Kirish
Oriental universiteti albukhari-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.albukhari-edu.uz Kirish
Osiyo texnologiyalar universiteti qitu · Universitet
Rasmiy sayt
student.qitu.uz Kirish
Osiyo xalqaro universiteti oxu · Universitet
Rasmiy sayt
student.oxu.uz Kirish
Osiyo xalqaro universiteti Xorazm filiali oxu · Filial
Rasmiy sayt
student-xorazm.oxu.uz Kirish
Oxus University oxusuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.oxusuniversity.uz Kirish
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti uzdjtsu · Universitet
Rasmiy sayt
student.uzdjtsu.uz Kirish
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali e-edu · Filial
Rasmiy sayt
suzdjtsuff.e-edu.uz Kirish
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali e-edu · Filial
Rasmiy sayt
suzdknf.e-edu.uz Kirish
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi uzdxa · Akademiya
Rasmiy sayt
student.uzdxa.uz Kirish
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali e-edu · Filial
Rasmiy sayt
tuzdxauf.e-edu.uz Kirish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi e-edu · Akademiya
Rasmiy sayt
sfvvakad.e-edu.uz Kirish
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi dsba · Akademiya
Rasmiy sayt
student.dsba.uz Kirish
Oʼzbekistondagi Sharda universiteti shardauniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.shardauniversity.uz Kirish
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti iifte · Institut
Rasmiy sayt
student.iifte.uz Kirish
PDP University pdp.university · Universitet
Rasmiy sayt
student.pdp.university Kirish
Perfect University perfectuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.perfectuniversity.uz Kirish
Pisa university in Tashkent pisa · Universitet
Rasmiy sayt
hemis.pisa.uz Kirish
Profi University profiuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.profiuniversity.uz Kirish
Profi University Navoiy filliali profiuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
studentnav.profiuniversity.uz Kirish
Qarshi davlat texnika universiteti kstu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.kstu.uz Kirish
Qarshi davlat universiteti qarshidu · Universitet
Rasmiy sayt
student.qarshidu.uz Kirish
Qarshi xalqaro universiteti kiu · Universitet
Rasmiy sayt
student.kiu.uz Kirish
Qo‘qon davlat pedagogika instituti kspi · Institut
Rasmiy sayt
talaba.kspi.uz Kirish
Qo‘qon universiteti kokanduni · Universitet
Rasmiy sayt
student.kokanduni.uz Kirish
Qo'qon davlat universiteti kokandsu · Universitet
Rasmiy sayt
student.kokandsu.uz Kirish
Qo'qon universiteti Andijon filiali kuaf · Filial
Rasmiy sayt
student.kuaf.uz Kirish
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti tdaunukus · Institut
Rasmiy sayt
student.tdaunukus.uz Kirish
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti kkmi · Institut
Rasmiy sayt
student.kkmi.uz Kirish
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti udea · Universitet
Rasmiy sayt
student.udea.uz Kirish
Renessans ta'lim universiteti renessans-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.renessans-edu.uz Kirish
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali mgimo · Filial
Rasmiy sayt
hemis.mgimo.uz Kirish
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti samaguni · Institut
Rasmiy sayt
student.samaguni.uz Kirish
Samarqand davlat chet tillar instituti samdchti · Institut
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.samdchti.uz Kirish
Samarqand davlat pedagogika instituti samdpi · Institut
Rasmiy sayt
student.samdpi.uz Kirish
Samarqand davlat texnika universiteti samdaqu.edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.samdaqu.edu.uz Kirish
Samarqand davlat tibbiyot universiteti sammu · Universitet
Rasmiy sayt
student.sammu.uz Kirish
Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dtpi · Universitet
Rasmiy sayt
student.dtpi.uz Kirish
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti otmsamvmi · Universitet
Rasmiy sayt
student.otmsamvmi.uz Kirish
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali otmsamvmi · Filial
Rasmiy sayt
talaba.otmsamvmi.uz Kirish
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali samvmitf · Filial
Rasmiy sayt
student.samvmitf.uz Kirish
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti sies · Institut
Rasmiy sayt
student.sies.uz Kirish
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti siut · Universitet
Rasmiy sayt
student.siut.uz Kirish
SAMBHRAM universitet uzjsu · Universitet
Rasmiy sayt
student.uzjsu.uz Kirish
Sarbon universiteti sarbon.university · Universitet
Rasmiy sayt
student.sarbon.university Kirish
Shahrisabz davlat pedagogika instituti shdpi · Institut
Rasmiy sayt
student.shdpi.uz Kirish
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti samdu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.samdu.uz Kirish
Sharq University sharqedu · Universitet
Rasmiy sayt
student.sharqedu.uz Kirish
Soliq oliy maktabi soliq · OTM
Rasmiy sayt
student.soliq.uz Kirish
STARS International University stars.university · Universitet
Rasmiy sayt
student.stars.university Kirish
Tashkent international university tiu · Universitet
Rasmiy sayt
student.tiu.uz Kirish
Tashkent International University Andijon Kampusi tiuac · Universitet
Rasmiy sayt
student.tiuac.uz Kirish
Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tiue · Universitet
Rasmiy sayt
student.tiue.uz Kirish
Tashkent Metropolitan University tmuni.org · Universitet
Rasmiy sayt
student.tmuni.org Kirish
TEAM University teamuni · Universitet
Rasmiy sayt
student.teamuni.uz Kirish
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tdmau · Universitet
Rasmiy sayt
student.tdmau.uz Kirish
Termiz davlat pedagogika instituti terdpi · Institut
Rasmiy sayt
student.terdpi.uz Kirish
Termiz davlat universiteti tersu · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.tersu.uz Kirish
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tesu · Universitet
Rasmiy sayt
student.tesu.uz Kirish
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tdtutf · Institut
Rasmiy sayt
student.tdtutf.uz Kirish
TMC INSTITUTE tmci · Institut
Rasmiy sayt
student.tmci.uz Kirish
Toshkent amaliy fanlar universiteti utas · Universitet
Rasmiy sayt
student.utas.uz Kirish
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tiace · Universitet
Rasmiy sayt
student.tiace.uz Kirish
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Integratsiyalashgan Oliy maktabi graduateschool · Universitet
Rasmiy sayt
student.graduateschool.uz Kirish
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali fbtuit · Filial
Rasmiy sayt
student.fbtuit.uz Kirish
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali tatunf · Filial
Rasmiy sayt
student.tatunf.uz Kirish
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali samtuit · Filial
Rasmiy sayt
student.samtuit.uz Kirish
Toshkent davlat agrar universiteti tdau · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
student.tdau.uz Kirish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tsue · Universitet
Rasmiy sayt
Kabinet bo'yicha qo'llanma
talaba.tsue.uz Kirish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali sbtsue · Filial
Rasmiy sayt
student.sbtsue.uz Kirish
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tsuos · Universitet
Rasmiy sayt
student.tsuos.uz Kirish
Toshkent davlat stomatologiya instituti tsdi · Institut
Rasmiy sayt
student.tsdi.uz Kirish
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashmeduni · Universitet
Rasmiy sayt
student.tashmeduni.uz Kirish
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali tdtuchf · Filial
Rasmiy sayt
student.tdtuchf.uz Kirish
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali ttatf · Filial
Rasmiy sayt
student.ttatf.uz Kirish
Toshkent davlat transport universiteti tstu · Universitet
Rasmiy sayt
student.tstu.uz Kirish
Toshkent davlat yuridik universiteti tsul · Universitet
Rasmiy sayt
student.tsul.uz Kirish
Toshkent farmatsevtika instituti pharmi · Institut
Rasmiy sayt
student.pharmi.uz Kirish
Toshkent gumanitar fanlar universiteti tgfu · Universitet
Rasmiy sayt
student.tgfu.uz Kirish
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti iiiu · Universitet
Rasmiy sayt
student.iiiu.uz Kirish
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti uztipi · Universitet
Rasmiy sayt
student.uztipi.uz Kirish
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti uztitu · Universitet
Rasmiy sayt
student.uztitu.uz Kirish
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti kiut · Universitet
Rasmiy sayt
talaba.kiut.uz Kirish
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali kiut · Filial
Rasmiy sayt
talabanm.kiut.uz Kirish
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali kiut · Filial
Rasmiy sayt
talabasam.kiut.uz Kirish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti tcti · Institut
Rasmiy sayt
student.tcti.uz Kirish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali e-edu · Filial
Rasmiy sayt
stktiyf.e-edu.uz Kirish
Toshkent menedjment va iqtisodiyot instituti timeedu · Institut
Rasmiy sayt
talaba.timeedu.uz Kirish
Toshkent moliya instituti tfi · Institut
Rasmiy sayt
student.tfi.uz Kirish
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashpmi · Institut
Rasmiy sayt
student.tashpmi.uz Kirish
Toshkent shahrida S.A Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining birinchi xorijiy filiali vgik-tashkent · Filial
Rasmiy sayt
hemis.vgik-tashkent.uz Kirish
Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali 332 · Filial 332.hemis.uz Kirish
Toshkent shahridagi Adju universiteti 426 · Universitet 426.hemis.uz Kirish
Toshkent shahridagi Amiti universiteti 427 · Universitet 427.hemis.uz Kirish
Toshkent shahridagi Belarus-Oʼzbekiston qoʼshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti sbumiptk · Institut
Rasmiy sayt
student.sbumiptk.uz Kirish
Toshkent shahridagi Inha Universiteti 423 · Universitet 423.hemis.uz Kirish
Toshkent shahridagi Puchon universiteti 424 · Universitet 424.hemis.uz Kirish
Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti mdis · Institut
Rasmiy sayt
hemis.mdis.uz Kirish
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti polito · Universitet
Rasmiy sayt
student.polito.uz Kirish
Toshkent shahridagi Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali tobbetu · Filial
Rasmiy sayt
student.tobbetu.uz Kirish
Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi webster · Universitet
Rasmiy sayt
hemis.webster.uz Kirish
Toshkent tibbiyot akademiyasi tma · Akademiya
Rasmiy sayt
student.tma.uz Kirish
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ttyesi · Institut
Rasmiy sayt
student.ttyesi.uz Kirish
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti tift · Universitet
Rasmiy sayt
student.tift.uz Kirish
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti 421 · Universitet 421.hemis.uz Kirish
Toshtech texnika universiteti tashkenttech-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.tashkenttech-edu.uz Kirish
Turan International University tiu-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.tiu-edu.uz Kirish
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti iuts-edu · Universitet
Rasmiy sayt
student.iuts-edu.uz Kirish
Turon universiteti turonuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.turonuniversity.uz Kirish
Turon universiteti (Andijon kampusi) tuaf · Universitet
Rasmiy sayt
student.tuaf.uz Kirish
University of Business and Science ubsu · Universitet
Rasmiy sayt
student.ubsu.uz Kirish
University of economics and pedagogy aipu · Universitet
Rasmiy sayt
student.aipu.uz Kirish
UNIVERSITY OF INNOVATION TECHNOLOGIES nukusii · Universitet
Rasmiy sayt
student.nukusii.uz Kirish
University of science and technologies usat · Universitet
Rasmiy sayt
talaba.usat.uz Kirish
Urganch davlat pedagogika instituti urspi · Institut
Rasmiy sayt
student.urspi.uz Kirish
Urganch davlat tibbiyot instituti urgfiltma · Institut
Rasmiy sayt
student.urgfiltma.uz Kirish
Urganch Innovatsion Universiteti uriu · Universitet
Rasmiy sayt
student.uriu.uz Kirish
Urganch RANCH texnologiya universiteti utu-ranch · Universitet
Rasmiy sayt
student.utu-ranch.uz Kirish
Urganch RANCH texnologiya universiteti Nukus kampusi utu-ranch · Universitet
Rasmiy sayt
student-nukus.utu-ranch.uz Kirish
VARSOVIA BIZNES VA AMALIY FANLAR UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI humanum · Filial
Rasmiy sayt
student.humanum.uz Kirish
Vatan Universiteti vatanuniversity · Universitet
Rasmiy sayt
student.vatanuniversity.uz Kirish
Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti iusi · Universitet
Rasmiy sayt
student.iusi.uz Kirish
Xalqaro innovatsion universitet xiuedu · Universitet
Rasmiy sayt
student.xiuedu.uz Kirish
Xalqaro Nordik universiteti nordicuniversity.org · Universitet
Rasmiy sayt
student.nordicuniversity.org Kirish
Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti iau · Universitet
Rasmiy sayt
student.iau.uz Kirish
Yangi Asr Universiteti yangiasr · Universitet
Rasmiy sayt
student.yangiasr.uz Kirish
Yangi O'zbekiston universiteti newuu · Universitet
Rasmiy sayt
student.newuu.uz Kirish
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti uzmmsi · Institut
Rasmiy sayt
student.uzmmsi.uz Kirish
Zarmed Universiteti (Buxoro kampusi) zarmeduniver.com · Universitet
Rasmiy sayt
student.zarmeduniver.com Kirish
Zarmed universiteti (Samarqand kampusi) zarmeduniver.com · Universitet
Rasmiy sayt
student2.zarmeduniver.com Kirish

OTMingiz ro'yxatda yo'q bo'lsa, manzilni dekanatdan so'rang: yangi ochilgan va qayta tashkil etilgan muassasalar reestrga bir oz kechikib tushadi.

Kabinetga kirish tartibi

1. Manzilni aniqlang

Yuqoridagi ro'yxatdan o'z OTMingizni toping. Manzilni xatcho'pga saqlang va keyin doim o'sha xatcho'p orqali kiring.

2. Loginni dekanatdan oling

Hisob yozuvi buyruq rasmiylashtirilgandan keyin ochiladi. Login odatda talaba ID raqamiga to'g'ri keladi, boshlang'ich parolni kurator yoki dekanat beradi.

3. Ma'lumotlarni diqqat bilan kiriting

Lotin harflari, Caps Lock o'chiq, chetlarida bo'sh joy qolmasin. Nusxa olib qo'yganda parol to'liq ko'chganini tekshiring.

4. Parolni almashtiring

Birinchi kirishdan keyin darhol. Yangi parol ijtimoiy tarmoq parolingizni takrorlamasin, tug'ilgan sana va telefon raqamini o'z ichiga olmasin.

5. Shaxsiy ma'lumotlarni tekshiring

Kurs, guruh, yo'nalish, ta'lim shakli. Xato yozuvlar dekanat orqali tuzatiladi: stipendiya, sessiyaga qo'yilish va ma'lumotnomalar shularga bog'liq.

Kirishda chiqadigan xatolar

Ekrandagi yozuvga qarab sabab aniqlanadi. Quyida eng ko'p uchraydigan oltita holat.

Nima ko'rinyaptiSabab va yechim
Login yoki parol xatoAvval manzilni tekshiring: talabalar student bilan boshlanadigan manzilga kiradi, xodimlar qismiga talaba logini to'g'ri kelmaydi. Keyin klaviatura tilini, Caps Lock holatini va nusxa olishda tushib qolgan belgilarni tekshiring. Hammasi to'g'ri bo'lsa, hisob yozuvi hali faollashtirilmagan yoki bloklangan bo'lishi mumkin, buni dekanat hal qiladi.
Parol kiritgandan keyin yana kirish oynasi chiqadiDeyarli har doim cookie fayllari sababchi. Sayt uchun kesh va cookie tozalanadi, uchinchi tomon cookielariga ruxsat beriladi, inkognito rejimdan chiqiladi, reklama bloklovchi shu sayt uchun o'chiriladi. Eng muhimi: Telegram yoki Instagram ichidagi oynadan kirmang, o'rnatilgan brauzerlar sessiyani ushlab tura olmaydi.
Birinchi kurs talabasiman, login berilmaganDastlabki haftalarda bu odatiy hol: yozuvlar buyruq o'tkazilgandan va ma'lumotlar yuklangandan keyin ochiladi. Ikki-uch haftadan ortiq kutish kerak emas, kuratordan so'rang, keyin talabalik guvohnomasi bilan dekanatga boring.
Sahifa umuman ochilmayaptiAvval o'z muammoyingizni umumiysidan ajrating: Wi-Fi o'rniga mobil internetdan urinib ko'ring va guruhdoshlardan so'rang. Hammada ochilmasa, ish OTM tomonida. Faqat sizda ochilmasa, qurilmadagi sana va vaqtni tekshiring: noto'g'ri vaqt himoyalangan ulanishni buzadi.
Kirish taqiqlangan degan yozuvKo'pincha bu xodimlar qismiga kirishga urinish belgisi. Bir qator OTMda hemis bilan boshlanadigan manzil tashqi tarmoqdan yopib qo'yilgan. O'z ro'yxatdan student bilan boshlanadigan manzilni oling.
Sirtqi bo'limda bo'limlar bo'shDars jadvali sessiyalarga yaqin to'ldiriladi, oralig'ida bo'sh turishi tabiiy. O'tgan semestrlar bahosi esa ko'rinib turishi kerak: ular yo'q bo'lsa, sabab qaydnoma yopilmaganida yoki guruhga biriktirishda, bu dekanat savoli.

Kabinet ichida nimalar bor

HEMIS o'quv qismining raqamli ko'rinishi. Shundan kelib chiqib bo'limlar to'plami ham talabaning maqomini belgilaydigan ma'lumotdan iborat.

📊

O'zlashtirish

Fanlar bo'yicha baholar, semestr yakunlari, qayta topshirish va qarzdorliklar.

🎯

GPA

Kreditlar hisobga olingan o'rtacha ball: stipendiya, ko'chirish va mobillik shunga bog'liq.

📚

O'quv reja

Semestrlar bo'yicha fanlar, kreditlar va o'quv yiliga yuklama.

📅

Dars jadvali

Mashg'ulotlar va imtihon sessiyasi o'quv qismidan tushadi.

💳

Kontrakt

Shartnoma summasi, to'lov jadvali va to'langanlik belgisi.

📄

Hujjatlar

Ma'lumotnoma va arizalar — OTM ulagan bo'limlar hajmida.

Bo'limlar ro'yxati har bir OTMda bir xil bo'lmasligi mumkin: muassasa qaysi modullarni yoqqan bo'lsa, o'shalar ko'rinadi. Shuning uchun yakuniy ro'yxatni har doim o'z kabinetingizdan tekshiring.

Xavfsizlik: nimaga e'tibor berish kerak

Talaba kabinetida shaxsiy ma'lumot, baholar va shartnoma to'g'risidagi yozuvlar saqlanadi. Shuning uchun kirish ma'lumotlariga munosabat oddiy ijtimoiy tarmoq parolidan jiddiyroq bo'lishi kerak.

Birinchi qoida manzilga tegishli. Parol kiritishdan oldin brauzer satridagi manzilni o'qing. Yozilishi o'xshash soxta saytlar mavjud va ular guruh chatidagi havolalar hisobiga yashaydi. O'z xatcho'pingiz orqali kirish shu xavfni butunlay yo'q qiladi.

Ikkinchi qoida parolga tegishli. Boshlang'ich parol dekanat ro'yxatlari orqali o'tgan, uni birinchi kirishdayoq almashtiring. Yangi parolni boshqa saytlarda takrorlamang: bir joydan sizib chiqqan parol qolgan hamma joyni ochib beradi.

Uchinchi qoida vositachilarga tegishli. HEMIS xodimi yozishmada parol so'ramaydi. Pul evaziga kabinetga kirishni tiklashni taklif qilgan har qanday odam begona hisob yozuvlarini yig'ish bilan shug'ullanadi. Parolni faqat OTM mas'ul xodimi qayta tiklaydi va buning uchun talabalik guvohnomasi bilan shaxsan borish kerak.

Kabinetga umumiy foydalanishdagi kompyuterdan kirgan bo'lsangiz, ishni tugatgach albatta chiqing va brauzer seansini yoping. Saqlangan parol keyingi foydalanuvchiga ochiq qoladi.

HEMIS haqida qisqacha

HEMIS — oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv axborot tizimi. U talaba haqidagi o'quv ma'lumotlarini bir joyda yuritadi: qaysi yo'nalishda, qaysi kursda va qaysi guruhda o'qiyotgani, qanday fanlarni topshirgani, nechta kredit yig'gani, shartnoma bo'yicha qancha to'laganini. Shu ma'lumotlar asosida stipendiya tayinlanadi, sessiyaga qo'yiladi va ma'lumotnomalar shakllantiriladi.

Tizimning ikki qismi bor. Talaba qismi — bu yuqoridagi ro'yxatda keltirilgan manzillar, ular odatda student so'zi bilan boshlanadi. Xodimlar qismi hemis so'zi bilan boshlanadigan manzilda joylashadi, u yerda o'qituvchilar qaydnoma to'ldiradi va o'quv qismi rejalarni yuritadi. Ikkala qismning logini alohida beriladi, shuning uchun bir qismning ma'lumotlari ikkinchisiga to'g'ri kelmaydi.

Bundan tashqari my.hemis.uz manzilida yagona kirish nuqtasi ishlaydi: u yerda Talaba ID bo'yicha kiriladi va ro'yxatdan o'z muassasangiz tanlanadi. Bir OTM uchun bu usul ishlaydi, boshqasida sozlamalarga qarab kirish o'tmasligi mumkin, shuning uchun o'z OTMingiz manzilini bilib qo'yish foydali.

Kabinet bilan bog'liq savollar odatda uch manzilga bo'linadi. Baho va qaydnoma masalalari o'qituvchi va dekanat bilan hal qilinadi, pul va kontrakt masalalari buxgalteriya bilan, shaxsiy ma'lumotlardagi xatolar o'quv qismi bilan. Tizimning texnik qo'llab-quvvatlash xizmati bu savollarning hech birini hal qilmaydi: u faqat dasturiy nosozliklar bilan ishlaydi.

Bu sahifa mustaqil axborot portalida joylashgan. Biz oliy ta'lim muassasasi emasmiz, HEMIS tizimining rasmiy vakili ham emasmiz. Kirish manzillari havola sifatida beriladi, login va parol faqat OTM tomonidan chiqariladi.

Ko'p beriladigan savollar

Kabinet manzilini qayerdan bilaman?
Yuqoridagi ro'yxatda OTM nomini yozing va manzilni oling. Ko'pchilik oliy ta'lim muassasasida u student..uz ko'rinishida: masalan student.fdu.uz, student.tersu.uz, student.urdu.uz. Ayrim OTMda boshqa shakl ishlatiladi, masalan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talaba.tsue.uz, O'zbekiston Milliy universitetida hstudent.nuu.uz. Shuning uchun ro'yxatdan tekshirib olgan ma'qul.
Login va parol qayerdan olinadi?
Hisob yozuvini oliy ta'lim muassasasining o'zi ochadi, uni fakultet dekanati yoki guruh kuratori beradi. Login ko'pincha talaba ID raqami bilan bir xil bo'ladi. Boshlang'ich parol birinchi kirishda almashtiriladi: u o'zgartirilmaguncha parolni ro'yxat ko'rgan har bir xodim biladi.
Parolni unutdim, o'zim tiklay olamanmi?
Talaba qismida mustaqil tiklash odatda yo'q, parolni OTM mas'ul xodimi qayta tiklaydi. Talabalik guvohnomasi bilan dekanatga yoki IT bo'limiga borish kerak. Parol telefon orqali ham, yozishmada ham aytilmaydi. Pul evaziga "HEMIS parolini tiklash" taklif qilgan odam sizning hisobingizni o'ziga olmoqchi.
my.hemis.uz orqali kirsam bo'ladimi?
my.hemis.uz — Talaba ID bo'yicha yagona kirish nuqtasi, u yerda OTM tanlanadi. Ayrim muassasalar uchun sozlamalarga qarab kirish o'tmasligi mumkin. Bunday holda o'z OTMingiz manzilidan foydalaning: ikkalasi ham bitta tizimga olib boradi.
student.<otm>.uz va hemis.<otm>.uz farqi nimada?
student bilan boshlanadigan manzil talabalar uchun, hemis bilan boshlanadigani professor-o'qituvchilar va xodimlar uchun. Talaba logini xodimlar qismiga to'g'ri kelmaydi, shuning uchun "login yoki parol xato" degan yozuv ko'pincha shundan chiqadi. Xodimlar qismi ba'zi OTMda tashqaridan umuman ochilmaydi.
Kabinetda baholarim ko'rinmayapti, nima qilay?
Baho o'qituvchi uni o'z qismiga kiritgandan va qaydnoma yopilgandan keyin paydo bo'ladi. Imtihondan keyin bir necha kun kechikish odatiy hol. Natija e'lon qilinganiga bir hafta bo'lgan bo'lsa, masalani o'qituvchi va dekanat hal qiladi: texnik qo'llab-quvvatlash xizmati baho qo'ymaydi.
Sirtqi bo'limda o'qiyman, kabinet bir xilmi?
Tizim barcha ta'lim shakllari uchun bitta, bo'limlar ham o'sha: o'zlashtirish, o'quv reja, kontrakt, hujjatlar. Farq to'ldirilish ritmida: sirtqi bo'limda dars jadvali o'rnatuv va imtihon sessiyalariga yaqin paydo bo'ladi, oralig'ida bo'lim bo'sh turadi. Sessiya sanalarini har safar kabinetdan tekshiring, ular siljib turadi.
Telefondan kirsa bo'ladimi?
Ha, interfeys mobil brauzerda ishlaydi. Oddiy brauzerdan kiring: Telegram yoki Instagram ichidagi oynadan kirganda sessiya ko'pincha uzilib qoladi va parol kiritgandan keyin sahifa yana kirish oynasiga qaytaradi.
Ro'yxatdagi ma'lumot qayerdan olingan?
Manzillar HEMIS tizimining ochiq reestridan olingan va 29.09.2026 kuni har biri alohida tekshirilgan: sahifa ochilishi va HEMIS kirish oynasi chiqishi sinovdan o'tkazilgan. OTM manzilini o'zgartirsa, ro'yxat yangilanadi.

Muhokama

Maqola mavzusi boʻyicha savol bering yoki oʻz tajribangizni yozing. Javobni shu yerda beramiz.

Izoh qoldirish

Izoh tekshiruvdan keyin chiqadi. Maqola mavzusiga oid savollar va shaxsiy tajriba eʼlon qilinadi; reklama, begona havolalar hamda login, parol va SMS kodlarini soʻrash oʻchiriladi. Portal mustaqil: bu yerda ariza qabul qilinmaydi. Email majburiy emas, u eʼlon qilinmaydi va faqat shaxsiy javob uchun kerak. Ism va matn majburiy.