"Imidj" dizaynerlar televizion tanlovi
Yosh, qobiliyatli dizaynerlarni aniqlaymiz!
-
1. Kirish
Mazkur Nizom «Imidj» yosh dizaynerlar televizion tanlovi (bundan buyon – Tanlov)ning tashkiliy asoslari, o’tkazilish tartibi hamda natijalarni baholash tizimini belgilab beradi.
Tanlov qobiliyatli yoshlarni kashf etish, yo’naltirish va qo’llab-quvvatlash, shuningdek, yengil sanoat va moda sanoati uchun munosib kadrlarni taqdim etish maqsadida o’tkazilmoqda.
Tanlov vazifalari:
Yosh qobiliyatli dizaynerlarni aniqlash;
Talabalar va yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini namoyish etish hamda baholash;
Ishtirokchilarga o’z kolleksiyalarini namoyish etish va professionallar orasida o’z salohiyatini ko’rsata olish imkoniyatini taqdim etish;
Qatnashchilarning kasbiy, ijodiy va shaxsiy mukammallikka erishishga intilishlari yo’lida sharoit yaratish;
Ijodiy g’oyalar va tajriba almashish;
O’zbekistonning eng yaxshi kasbiy o’quv muassasalarini aniqlash, namoyish etish va qo’llab-quvvatlash;
Qatnashchilar hamda yengil sanoat va moda sanoati tashkilotlari o’rtasida ijodiy va biznes aloqalarini o’rnatishda amaliy yordam ko’rsatish;
Ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda ko’maklashish.
Yosh dizaynerlar tanlovi 2017-yilning 15-noyabrdan 17-dekabrgacha o’tkaziladi.
-
2. Umumiy qoidalar
Tanlov tashkilotchilari quyidagilar:
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Qo’mitasi
«Yosh dizaynerlar» NN Kengashi
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy Banki va boshqa hamkorlar.
Tanlovni o’tkazish bo’yicha umumiy boshqaruvni Tanlov tashkiliy qo’mitasi amalga oshiradi.
Tanlovda yoshi hamda mahorat darajasidan qat’iy nazar istagan dizayner ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilarning Tanlov o’tkaziladigan joyga yetib kelishi hamda qaytishidan tashqari barcha xarajatlarni qabul qiluvchi tomonidan to’lanadi.
-
3. Tanlovni o’tkazish tartibi
Birinchi bosqich – kasting (kollektsiyalar namoyishi va qatnashchilarni saralash)
Tanlov Tashkiliy qo’mitasiga Tanlovda ishtrok etish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartib hamda muddatda tegishli ariza bilan murojaat etgan qatnashchilargina Kastingda ishtirok etish huquqiga ega. Arizaning qabul qilingani yoki rad etilgani to’g’risida Tashkiliy qo’mita qatnashchiga arizada ko’rsatilgan elektron manzil bo’yicha ma’lum qiladi.
Tanlovning har bir qatnashchisi kastingga Tashkiliy qo’mitadan telefon qo’ng’irog’i orqali taklif etiladi va unga kastingda ishtirok etish sanasi ma’lum qilinadi.
Har bir qatnashchi kasting belgilangan sanadan kamida bir kun oldin Tanlov Tashkiliy qo’mitasida ro’yxatdan o’tishi lozim.
Dizaynerlar o’rtasida Tanlov uchta asosiy yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi:
- yoshlar uchun kiyimlar (maktab formasi, uniforma, sport kiyimi, oyoq kiyim, kamar va hk.);
- kantselyariya mollari (bloknotlar, ruchkalar, hadya qog’oz paketlari);
- aksessuarlar (bijuteriya, ko’zoynak va h.k.).
Vazifa – «O’zbekiston yoshlari ittifoqi» logotipi tushirilgan dizaynerlik ishlarini yaratish. Bunda uchta yo’nalish nazarda tutilgan: «eksklyuziv» (kamyob, murakkab ishlar, qimmatbaho), «biznes» (ishbilarmon odamlar va tashkilotlar uchun mo’ljallangan asarlar, o’rtacha narhda), «ommabop» (aholining keng qatlami, talabalar, o’quvchilarga mo’ljallangan, bozor mahsulotlariga raqobatdosh arzon narhda).
Kiyim, akssesuarlar yoki oyoq kiyim kollektsiyalari kastingida birinchi marta bir yoki muallifdan 5 dan 12 tagacha namuna taqdim etiladi.
Yuqoridagi talablarga amal qilmagan qatnashchilar Tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Kasting so’nggida Jyuri a’zolari tomonidan Tanlovning oxirgi bosqichida ishtirok etish uchun 20 nafar qatnashchini saralab olinadi.
Ikkinchi bosqich – Tanlovning so’nggi bosqichi:
Jyuri tomonidan tanlab olingan kollektsiyalar namoyishi 2017 yilning 15-17 dekabrь kunlari «Yoshlar ijodiyot saroyi»da bo’lib o’tadi.
Kantselyariya buyumlari va aksessuarlar namoyishi uchun alohida pavilьonlar taqdim etiladi. Ushbu tadbir davomida tomoshabinlar ijodiy ishlarni o’z ko’zlari bilan ko’rishlari, sotib olishlari yoki buyurtmalar berishlari mumkin. Marosim telekanal orqali efirga uzatib boriladi va izohlanadi.
Podium uchun alohida kunlar ajratilib, taqdimot mobaynida barcha dizaynerlar – loyiha qatnashchilari tomoshabinlar hamda ekspert guruhiga o’z ijodiy ishlarini namoyish etish imkoniga ega bo’ladilar.
Tomoshabinlar va ekspert guruhi tomonidan tanlangan ishlar “Eng yaxshi” deb topiladi. So’nggi qaror qabul qilishga 50% tomoshabinlar va 50% ekspertlarning fikri ahamiyat kasb etadi.
Eng yaxshi ijodkor dizaynerlar O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi logotipi tushirilgan o’z ishlari uchun mualliflik huquqini qo’lga kiritadilar. Ittifoq ushbu buyumlarni ishlab chiqarish uchun shartnoma imzolaydi. Dizayn muallifiga esa 2018 yil mobaynida oldindan kelishilgan miqdorda gonorar to’lab boriladi. Gonorarning ma’lum qismi O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi “Yosh dizaynerlar kengashi”ga yo’naltiriladi.
O’zbekiston hududining har bir tumani va shahrida kollejlar binosida ochilishi rejalashtirilgan “brend buyumlar” do’konlari tarmog’ida eng yaxshi dizaynerlik ijod mahsullari sotuvi yo’lga qo’yiladi. -
4. Tanlov ishtirokchilariga qo’yiladigan talablar
Tanlovning har bir qatnashchisi belgilangan shakl asosida ariza bilan murojaat etadi (Mazkur nizomning №1 Ilovasi). Arizani loyiha yi.uz saytida, Navoiy ko’chasi, 11-uy manzilidagi Tashkiliy qo’mita ofisida to’ldirish, yoki saytdan yuklab olib, to’ldirib, shaxsiy imzo qo’yib, skaner qilingan ko’rinishda image.ydk@mail.ru elektron manziliga yuborish mumkin. Arizalar 2017 yilning 15 noyabrdan 30 noyabrgacha qabul qilinadi. Ariza bilan birga qatnashchi har birining hajmi 300 dpi dan kam bo’lmagan rangli surat, tug’ilgan to’g’risidagi guvohnomanin skaner qilingan ko’rinishi yoki pasport nusxasini yuborishi lozim.
Ma’lumotlar to’liq keltirilmagan yoki tug’ilganli to’g’risidagi guvohnoma nusxasi (pasport nusxasi)ga rasm ilova qilinmagan arizalar Tanlov Tashkiliy qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Tanlovda qatnashish uchun bir ishtirokchidan faqat bitta ariza qabul qilinadi.
Har bir qatnashchi Tanlov Tashkiliy qo’mitasiga 2 tadan 10 taga namunadan iborat kollektsiya (ustki kiyim, oyoq kiyim yoki taqinchoqlar) taqdim etishi kerak. -
5. Tanlov Tashkiliy qo’mitasi
Tanlovni tashkillashtirish va o’tkazish uchun tashkiliy qo’mita tashkil etiladi. Uning tarkibiga Tanlov tashkilotchilari, shuningdek, sherik tashkilotlar vakillari kiradi. Tashkiliy qo’mita tarkibi Tanlov tashkilotchilari tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
Tanlov Tashkiliy qo’mitasi:
Tanlovga tayyorgarlik hamda uni o’tkazishni to’liq zimmasiga oladi;
Tanlov boshlanishi hamda tartibi to’g’risida rasman ma’lum qiladi;
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishni amalga oshiradi;
Tanlov qatnashchilari ro’yxatini ko’rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Tanlov dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Tanlov Jyurisi tarkibi to’g’risida qaror qabul qiladi;
Tanlovni o’tkazish mobaynida Jyuri ishini yo’naltiradi;
Tanlov nominatsiyalari hamda sovg’alar ro’yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Tanlov timsoli va boshqa atributikalarni ko’rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Tanlovni qo’llab quvvatlash borasidagi ma’lumotlar hamda reklama ko’rinishlari va shakllarini belgilaydi;
Tanlovni o’tkazish va uni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari bo’yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorkorlikni amalga oshiradi;
Tanlovni o’tkazishning tashkiliy-texnik jarayonini ta’minlaydi (rejissyorlik-postanovka va ma’muriy guruhni shakllantirish, Tanlovning matbuot markazi ishini tashkillashtirish va hk.);
Tanlovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq boshqa masalalarni hal etadi.
Tashkiliy qo’mita qarorlari Tashkiliy qo’mitaning tegishli protokoli bilan rasmiylashtiriladi. -
6. Tanlov Jyurisi
Qatnashchilarning ijodiy ishlarini baholash uchun Tanlov Tashkiliy qo’mitasi professional Jyuri tashkil etadi. Uning tarkibiga madaniyat va san’at arboblari: maxsus Oliy o’quv yurti vakillari, o’zbekistonlik va chet ellik mashhur dizaynerlar kiradilar.
Jyuri a’zolari o’z baholarini baho varaqalariga qo’yib, shaxsan imzolagan holda mas’ul kotibga beradilar. Jyuri a’zolari Tanlov davomida qo’yib borgan ballar yig’indisi yakuniy bahoni tashkil etadi.
Agar Tanlovning yakuniy bosiqichida ikki yoki undan ortiq qatnashchilar bir xil ball to’plagan holat yuzaga kelsa, Jyuri a’zolari qo’shimcha ochiq ovoz berish orqali Tanlov g’olibini aniqlaydilar. Ovozlar teng yig’ilgan holda Jyuri raisining ovozi belgilovchi hisoblanadi. -
7. Tanlovning matbuot-markazi
Tanlov hodisalarini keng yoritish maqsadida Tanlov matbuot-markazida ishlash uchun nashriyot muxbirlari, televizion suratga olish guruhlari, fotomuxbirlar taklif etiladi.
Matbuot-markazi tarkibi Tanlov Tashkiliy qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Matbuot-markazda ishlash uchun akkreditatsiyadan o’tkazilgan jurnalistlarga tele-, fotouskunalar o’rnatish, barcha Tanlov marosimlariga tashrif buyurish, poligrafik va reklama-ma’lumot mahsulotlari hamda Tanlov to’g’risidagi rasmiy ma’lumotlardan foydalanish huquqi beriladi.
Tanlovning alohida chiqishlari va boshqa hodisalarini suratga olish ishlarini Tanlovni Tashkiliy qo’mitasi tomonidan akkreditatsiya qilingan telekompaniyalar amalga oshiradi.
Mazkur Nizomda Tanlov to’g’risidagi materiallarni chop etganlik uchun ijodiy gonorar ko’zda tutilmagan.
Akkreditatsiyadan o’tgan OAV Tanlov “gacha” va Tanlov “dan keyin”gi materiallarni mualliflik huquqini Tashkiliy qo’mitaga o’tkazgan holda Tanlov Tashkiliy qo’mitasiga topshirishlari shart. -
8. Xotima
Tanlov ishtirokchilari o’tkaziladigan audio-, foto- va video suratlar kelgusita Tashkiliy qo’mita tomonidan o’z xohishiga ko’ra qo’llanilishiga rozilik beradilar. Tanlovning foto- va videomateriallaridan tijorat maqsadida foydalanish, Tanlov Tashkiliy qo’mitasining yozma roziligisiz Tanlovni video suratga olish taqiqlanadi. Qatnashchilarning videoyozuvlari hamda fotosuratlari Tanlov Tashkiliy qo’mitasi tomonidan kelgusida Tanlovni rivojlantirish maqsadida qo’llanilishi mumkin.
Taqdirlash marosimiga kelmagan ishtirokchilarga Tanlov Tashkiliy qo’mitasi diplom hamda mukofotlarni boshqa paytda berishni kafolatlamaydi.
Noma’lum sababga ko’ra rasmiy ro’yxatdan o’tkazishga kelmagan yoki o’z namoyish vaqtiga kech qolgan qatnashchilar Tanlovga qo’yilmaydi, ishtiroki boshqa vaqt yoki boshqa kunga ko’chirilmaydi.
Tanlov Tashkiliy qo’mitasi Tanlovni o’tkazish vaqti yoki shakliga o’zgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi. Tashkiliy qo’mita qaroriga ko’ra, ushbu Nizomga Tanlovni tashkillashtirish va o’tkazish bo’yicha istalgan masalada o’zgarishlar yoki qo’shimchalar kiritilishi mumkin.
Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan barcha masalalari Tanlov Tashkiliy qo’mitasi tomonidan hal etiladi.
“Yosh kitobxon” Respublika tanlovi
NIZOMI