Vaqtdan unumli foydalanish uchun 5 ta tavsiya - Time Management haqida

1. MAQSADLARINGIZNI ANIQLASHTIRIB OLING

Maqsad bizni nima uchun nafas olib turganimizni eslatib turuvchi buyuk hodisadir. Maqsad bilan yashang. Oldingizda mavhumlik emas, kelajakdagi buyuk maqsadlaringiz tursin. Shunda qaysi tomon ketayotganingizni aniq bilasiz, keyingi qadamingizni ishonch bilan bosa olasiz. "Orzu" atamasini lug‘atingizdan chiqarib tashlang va orzularingizni maqsadga aylantirib, hammasiga erishing.

2. YETARLICHA UXLANG, AMMO ERTA UYG‘ONING

Ko‘pchilik uyqu o‘rniga ish yoki o‘qish bilan shug‘ullanish foydali deb biladi , ammo bu xato. Yetarlicha dam olmagan insonning ishida foydalilik koeffitsiyenti tushib ketadi. Bu esa o‘zingizga bo‘lgan ishonch yo‘qolishiga olib keladi. Bundan saqlaning. Yetarlicha uxlang, yarim tunda ko‘riladigan 18+ kinolar va videolarning kelajagingiz uchun bir tiyinlik foydasi yo‘q. Buning o‘rniga ertaroq uyquga keting va tongda quyoshdan oldin uyg‘onishga odatlaning. Shunda kuningiz barokatli, ishingiz esa unumli bo‘ladi. Bunday qilolmayman, axir kech turib o‘rganganman deydiganlar uchun maslahat, har kuni oldingi kundagidan 5 daqiqa oldinroq uyg‘onishga odatlaning. Shunda siz bir hafta ichida oldingidan 35 daqiqa oldinroq uyg‘onadigan insonga aylanasiz.

3. KUNINGIZNI REJALASHTIRING

Har kun uyquga yotishdan oldin, keyingi kun nima qilishingiz kerakligini aniqlashtirib oling, lloji boricha kundalik tuting va unga qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni yozib qo‘ying. Shunda ertangi qadamingiz aniqlashadi. Yozib qo‘yishga erinmang. Chunki yozuv o‘chib ketmaydi va siz qilishingiz kerak bo‘lgan ish qilingan yoki qilinmagan ekanligini aniq ko‘rsatib turadi. Agar buni xayolan bajarsangiz qaysi ishni qilganingiz, qaysi biri qolib ketgani bilinmaydi va sizning ish unumdorligingiz pastigicha qolib ketadi.

Business Analysis Archivi - ManageEngine Blog Italia

4. KUNINGIZNI QILISHINGIZ KERAK BO‘LGAN ENG QIYIN ISHNI BAJARISHDAN BOSHLANG

Ortga surib qo‘yiladigan ishlar, bizni o‘zimiz bilmagan holda depressiyaga tushishimiz, o‘zimizga bo‘lgan ishonchning esa kamayishiga olib keladi. Shuning uchun kuningizni qilishingiz kerak bo‘lgan (odatda keyinga surib qo‘yiladigan) eng qiyin ishni bajarishdan boshlang. Ortga surishdan voz keching. Agarda shunday qilsangiz kun bo‘yi sizni "o‘sha ishni qilishim kerak" degan qandaydir nolish va charchoq hissi tark etadi va kun bo‘yi yaxshi kayfiyatda bo‘lishingiz ta’minlanadi.

5. O‘ZINGIZNI O‘ZINGIZ RUHLANTIRING VA IRODANGIZNI MUSTAHKAMLANG

Biz ko‘pincha kimningdir bizga turtki bo‘lishi yoki motivatsiya berishini kutib yashaymiz. Ammo hech kim kelmaydi. Shuning uchun o‘zingizga o‘zingiz motivatsiya berishni o‘rganing. O‘zingizni ruhlantirishning eng zo‘r yo‘li bu maqsadlaringiz haqida o‘ylash, xayol surishdir. Maqsadlaringizga erishganingizdan keyingi holatingizni tasavvur qiling, shunda hozir chekayotgan mashaqqatingiz kelajakdagi rohatlanish oldida hech narsa emas ekanligini anglaysiz va shu maqsadga tomon tezroq borish uchun sizda o‘zgacha kuch paydo bo‘ladi. Shu yo‘l bilan siz yarim yo‘ldan qaytib ketadigan emas, muaffaqiyatga bora oladigan irodali insonga aylanasiz.

765 Man Jumping In Sun Rays Stock Photos, Pictures & Royalty-Free Images -  iStock