ILMIY KONFERENSIYA TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamda Birlashgan Millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi faol yoshlar ishtirokida “Birlashgan millatlar tashkiloti modeli” ilmiy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada 200 dan ortiq xorijiy tillarda erkin so’zlasha oladigan yoshlar va 20 dan ortiq xorijlik talabalar ishtirok etishdi hamda ishtirokchilar homiy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, konferensiya yakunida ishtirokchilar uchun “iftorlik party” ham tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, omma oldida erkin nutq qila olish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

#konferensiya #yoshlarittifoqi 

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram () Instagram () Facebook