Axborot xizmati
Markaziy Kengash Axborot xizmati Ittifoq faoliyatini ommaviy axborot vositalarida va internet maydonida yoritish, rasmiy xabarlarni tayyorlash hamda jurnalistlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi.
Axborot xizmatining asosiy vazifalari
- Ittifoq tadbirlari va qarorlari yuzasidan rasmiy xabar va press-relizlar tayyorlash;
- sayt va rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarini yuritish;
- OAV so‘rovlariga javob berish, intervyu va brifinglarni tashkil qilish;
- hududiy kengashlarning matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Ittifoq nomidan tarqatilayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga rasmiy izoh berish.
OAV so‘rovini qanday yuborish kerak
So‘rov rasmiy blankada yoki elektron pochta orqali yuboriladi. Unda nashr yoki telekanal nomi, jurnalist ismi va aloqa raqami, mavzu, savollar ro‘yxati hamda javob kutilayotgan muddat ko‘rsatiladi. Syomka va tadbirga akkreditatsiya uchun ariza tadbirdan kamida bir ish kuni oldin yuborilishi tavsiya etiladi.
Rasmiy izoh va tarqatma xabarlar
Ittifoq nomidan rasmiy izohni faqat Markaziy Kengash rahbariyati va Axborot xizmati beradi. Boshqa manbalardagi “Yoshlar ittifoqi nomidan” tarqatilgan xabarlarga ishonch bildirishdan oldin ularni sayt yoki rasmiy Telegram kanali orqali tekshirishni so‘raymiz.
Aloqa
Telefon: +998 (71) 241-00-50, +998 (71) 231-67-12. Elektron pochta: uzyoshlarittifoqi@gmail.com, yoshlar_ittifoqi@exat.uz. Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 2-uy. Ish vaqti: dushanba–juma, 9:00–18:00.