Koreyaning barcha milliy universitetlariga grant asosida oʻqishga qabul qilingan andijonlik bitiruvchi

Koreyaning barcha milliy universitetlariga grant asosida oʻqishga qabul qilingan andijonlik bitiruvchi

Oʻquvchiligidanoq 3 mln soʻm maosh olayotgan andijonlik bitiruvchi koreyaning barcha milliy universitetlariga grant asosida oʻqishga qabul qilindi. Asliddin Saminjonov Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 36- maktabning 11-sinf bitiruvchisi. Iqtidorli oʻquvchi joriy yilda maktabni aʼlo baholarga tamomladi.

Uch yildan buyon Asliddin Saminjonov koreys tilini oʻrganib, ayni paytda xususiy oʻquv markazda dars berib kelmoqda. Asliddin yaqinda 5-TOPik natijani qoʻlga kiritib, Koreyaning barcha milliy unversitetlariga kirish uchun grant yutib oldi.

Bugungi kunda Asliddin 100 dan ortiq oʻquvchilarga saboq berib, 3 mln soʻm daromad topib, oilasiga ham koʻmak bermoqda.