Umid Qodirovning she'ri Parijda yangradi

Umid Qodirovning she'ri Parijda yangradi

 
Umid Qodirov internet orqali Fransiyaning Parij shahrida o'tkazilayotgan “Xalqaro iste'dodlar” tanlovi e'lon qilinganidan xabar topdi.
 
 

Qiziqishi ustun keldi, iqtidorini namoyish qilish istagi paydo bo'ldi.

Umid Qodirov Arnasoy tumanining CHinobod mahallasida tug'ilib o'sdi, 12-maktabda ta'lim oldi. O'qib yurgan kezlari adabiyot faniga qiziqishi ortib, turli badiiy kitoblarni mutolaa qilish bilan birga o'zi ham nazm yo'nalishida ijod qilib turardi.

Uning qalbida uyg'ongan havas ustozlarining qo'llab-quvvatlovi bilan ishtiyoqqa aylandi. O'qib o'rganishdan erinmadi, yozgan she'rlarini Jizzax shahrida faoliyat ko'rsatayotgan “Sangzor”, “Mushoira” klublarining faol a'zosi sifatida sayqallab bordi.

Maktabni tugallagach, o'qishni davom ettirish uchun CHimkent davlat universitetiga hujjatlarini topshirdi. U hozir Taraz o'nurliq universiteti 1-kurs talabasi.

SHunday qilib, yigit xalqaro tanlovda onlayn ravishda ishtirok etib, o'zining “Matonatning urug'ini ekkan el” nomli she'rini o'qib berdi. O'zbek bolasining she'rlari Parijda jarangladi.

Qaragin, qandayin go'zal Poykanding,

Ona shahar, ming gullarga burkanding.

Seni sevdim, jonim bilan borim-la,

Umid qilib umidiga etgan el.

...Ming daholar, buyuklarni tuqqan el,

Matonatning urug'ini ekkan el!...

Ne baxtki, yosh ijodkor “Xalqaro iste'dodlar” tanlovining badiiy adabiyot yo'nalishida 2-o'ringa sazovor bo'ldi. Unga tanlov muassislari pochta orqali sertifikat, ko'krak nishoni va ustozi Salohiddin Kenjaevga diplom yuborilgan.

Bundan ilhomlangan Umid ayni paytda Qozog'istonda o'tkazilayotgan “Orzular festivali” xalqaro tanlovida qatnashishini niyat qilgan.