Marjona Jo’raqulova: "Maqsad sari ildamlikda davom etamiz!"

Marjona Jo’raqulova: "Maqsad sari ildamlikda davom etamiz!"

Jo‘raqulova Marjona Sadriddin qizi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi akadimek litseyning 2-bosqich o‘quvchisi. U 2003-yil 26-avgustda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qahramonimiz yetakchilik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol yoshlardan.. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi respublika “Ittifoq” sardori, xalqaro konferinsiyalar ishtirokchisi, respublika tanlovlari g‘olibi. Jumladan,  u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi Farmoni bilan ta’sis e’tilgan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2015-yil O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2015/2017-yillarda Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi va UNICEF hamkorligida tashkil etilgan “Mahalliy masalalarni hal etishda yoshlarning ishtiroki” loyihasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 

2017-yil O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan “Yil sardori” ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida 1-o‘ringa sazovor bo’lgan. “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” Respublika anjumanlarida faol ishtiroki uchun  uch bora sertifikat bilan taqdirlangan. 2018-yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Baxtiyor mamlakat farzandlarimiz!” loyihasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Sardori hamda Respublika Sardorlar Kengashi a’zosi sifatida 4 yillik samarali faoliyati uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ishonch yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2018-yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Eng na’munali Sardorlar Kengashi” ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom bilan taqdirlangan. 2018-yil 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi hamda Qashqadaryo viloyat hokimi tashakkurnomasi bilan taqdirlangan. 2018-yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “Munozara” klublari o‘rtasida o‘tkazilgan “Voha kubogi” turnirida jamoasi bilan 2-o‘rinni egallagani uchun diplom, shuningdek, turnirning “Eng yaxshi o‘chinchi spekiri” nominatsiyasi g‘olibi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan maktabda a’lo baholarga o‘qishi, na’munali hulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun M.Jo‘raqulovaning ota-onasi tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2018 - yil “Technavation-2018” xalqaro AKT tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2018 - yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ingiliz tili o‘qituvchilari asotsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Sardorlar oromgohi” loyihasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2019 - yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Mening ijod mahsulim” o‘quvchi-yoshlar mediya festivalining respublika bosqichida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 - yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostidagi “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Eng na’munali Sardorlar Kengashi” ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom bilan taqdirlangan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlar va qonun” tanlovining respublika bosqichida “Huquq bilimdonlari” nominatsiyasi g‘olibi hamda faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Qashqadaryo viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan milliy yoshlar konferinsiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Biz birgamiz!” birinchi volontiyorlar formuda faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Robototexnika karnavali” tanlovning resbulika bosqichida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan resbulika sardorlar Kengashi forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 - yil Ukraina davlatida o‘tkazilgan “Globallashuv sharoitida fan va ta’limning tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “Sport jurnalistikasida yangi davrni boshlash vaqti keldi” ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. 2020 yil Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi birinchi respublika onlayn konferensiyasida faol ishtroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2020 yil 27-28 iyul kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Psixologiya fani va yoshlarning rivojlanishi” mavzusmdagi xalqaro onlayn konferensiyasida faol sertifikat bilan taqdirlangan. 2020 - yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Besh tashabbus besh sardor” tanlovida g‘olib bo‘lgani uchun diplom bilan taqdirlangan. 2020  - yil Rotterdam shahrida o‘tkazilgan “Fan, tadqiqot, rivojlanish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiyasida “O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning teng huquqlari, shaxsiy daromadlari va tashabbuslari” ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. 2020 - yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan maktabda a’lo baholarga o‘qishi, na’munali hulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2020 - yil Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Vatanning umidli ziyolisi-2020” koferensiyasida faol ishtiroki uchun “Eng yaxshi deligat” nominatsiyasi bilan taqdirlangan.  2020 - yil Berlin shahrida o‘tkazilgan “Fan, tadqiqot, rivojlanish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiyasida “O‘zbekistonda qizlarning tashabbuslari, shahsiy daromat manbalari” ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. Istanbul shahrida o‘tkazilgan “BMT modeli: kelajak ledirlari” halqaro konfernitsiyasida faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2020 - yil Ukraina davlatining “Arxivarius” ilmiy jo‘rnali taxririyati tomonidan o‘tkazilgan konferitsiyada ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan. Amerika qo‘shma shtatlarida o‘tkazilgan “Ilmiy, amaliy konferitsiya-2020" ilmiy-amaliy konferinsiyasida ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. 2020 - yil Qozog‘iston Respublikasining Pavlador shahrida o‘tkazilgan “Inavatsion rivojlanish: ilmiy va ta’lim” mavzusidagi xalqaroilmiy-amaliy konferinsiyada faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari-Bola huquqlari bo‘yicha vakili hamda “Kamalak” bolalar tashkilotining kafolat yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2020 - yil 7 - oktabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining VI Rayosati qarori bilan 2020/2021 - o‘quv yili uchun respublika “Ittifoq” sardori etib tayinlangan. M.Jo‘raqulovaning 70 dan ortiq maqolalari “Yosh kuch”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Gulhan”, “Ziyrak” kabi jurnallar, “Ma’rifat”, “Yoshlar ovozi”, “Tong yulduzi”, “Barkamol avlod”, “Muvaffaqiyat tilsimi”, “Jamiyat”, “Madaniyat”, “Oila va jamiyat” gazetalarida chop etilgan. Shuningdek, “Qashqadaryo TV” telekanali orqali “Yosh kitobxon”, “Intellekt shou” ko‘rsatuvlari efirga o‘zatilgan. M.Jo‘raqulova tashabbusi bilan qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan “Birinchi qizlar maktabi” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida “Xalqaro qizlar sammiti” tashkil etilib 300 nafardan ortiq qizlar, 24 nafar xorijiy notiqlarni qamrab olindi. 

- Davlat rahbarimizning samimiy chehralari va Qashqadaryolik yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlari vohalik har bir yosh uchun o'qib bilim egallash, vohamiz taqdiri bizning bugungi salohiyatimizga proporsional ekanligi, qo'limizdan keladigan ko'makni tengdoshimizga ko'rsatmasak yurtimizga xiyonat hisoblanishini yana bir bor aniq his etdik.Yoydan chiqqan o'q misoli maqsad sari ildamlikda davom etamiz. Hurmatli Prezidentimiz bildirgan ishonchga munosib javob qaytaramiz, – deydi Marjona Jo‘raqulova. Yoshlar ittifoqi qahramonimizni kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida o‘zining bor bilim va mahoratini ishga solib, yangidan-yangi g‘oyalari va fidoyiligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lishiga ishonadi.