Xorazm viloyati Yoshlar yetakchisi sardorlar bilan uchrashuvida unga motivatsiya bergan voqeani esladi!

Xorazm viloyati Yoshlar yetakchisi sardorlar bilan uchrashuvida unga motivatsiya bergan voqeani esladi!

Har gal sardorlar bilan uchrashganimda bolaligimni eslayman. Ota-onam televizorda sardorlar haqidagi koʼrsatuvni koʼrardilar. Bir kuni onam iymanibgina menga qarab “Sen ham shunaqa faol, iqtidorli bolalar qatorida koʼrsak edi...” deb qoʼydilar. Bu soʼz menga katta turtki boʼldi.
Bugun Ittifoq va “Kamalak” sardorlari bilan uchrashib shular haqida gapirdim. Suhbat davomida biz sardorlar bilan qator masalalarda kelishib oldik.
- Yaqin kunlarda Xorazm viloyati Sardorlari Buxoro viloyatiga tajriba almashish maqsadida yoʼl olishadi.
- Endilikda har haftada bir nafar sardor bilan "Biznes lunch"da loyihalar borasida suhbatlashaman!
- Har haftada 2 nafar Sardor men bilan kunning ikkinchi qismini birga oʼtkazadi.
- 2 nafar Sardor har haftada bir marotaba men bilan birgalikda tumanlardagi boshlangʼich tashkilot va Sardorlar Kengashini oʼrganish va amaliy koʼmak berishda ishtirok etadi!
- "Sardorlar haqida" koʼrsatuvini yana ekranga qaytaramiz. Har haftada ushbu koʼrsatuv orqali Sardorlar nima bilan bandligi, yangi loyihalar va kelajak rejalari haqida tengdoshlarini boxabar qilib borishadi.
Bir soʼz bilan aytganda, Sardorlarimiz bilan qiladigan ishlarimiz anchagina. Аjoyib takliflar va loyihalar uchun ulardan minnatdorman!

 

Islombek Yuldashev,
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi