"Yoshlar — kelajagimiz" jamg‘armasi Navoiy viloyati filialiga rahbar tayinlandi


Shohruh Sharopov "Yoshlar — kelajagimiz" jamg‘armasi Navoiy viloyati filialiga rahbar etib tayinlandi.

Sh.Sharopov 1992-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2015 yil «Karmana Al-Aziz Avitsenna» MChJ direktori lavozimidan boshlagan.

Sh.Sharopov 2018-yildan bugungi kunga qadar "Yoshlar — kelajagimiz" jamg‘armasi Navoiy shahar filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.