Sirdaryoda "Sportchi va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida Guliston ixtisoslashtirilgan Olimpiya zahiralari maktab-internati sportchi-o‘quvchilari bilan "Sportchi va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Baxrom Jumaboyev so‘zga chiqib, yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar, respublikamizning chekka hududlarida jahon andozalariga to‘liq javob beradigan sport inshootlari qurilib yoshlar uchun foydalanishga topshirilayotganligi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, sportchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati davomida sportchi-o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.