Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va yo‘nalish kordinatorlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Yoshlar ittifoqining dasturiy maqsad va vazifalarini tizimli amalga oshirish chora-tadbirlar rejasiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud kuch tuzilmalari va Oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkiloti yetekchilari va koordinatorlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda bir qator hamkor tashkilotlar mas'ul vakillari tomonidan O'zbekiston-2030 strategiyasi mazmun-mohiyati, yetakchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangicha metodikalar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar borasida ma’lumot va tushunchalar berildi.
Shuningdek, yetakchilarning amalga oshirgan loyiha va tadbirlarini ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish bo‘yicha “Media savodxonlik” darslari o‘tkazildi.
O‘quv-amaliy seminar davomida 2023-yilning 9 oyi davomida yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda yil yakuniga qadar yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar ishlab chiqildi va yuqori natijalarni ko‘rsatgan hamda o‘quv-seminarida faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining estalik sovg‘alari va sertifikatlari topshirildi.
- Qo'shildi: 10.10.2023
- Ko'rishlar: 676
- Chop etish