Namanganda bolalar sayli tashkil qilindi

#BolalarSayli

Milliy qadriyatlarimiz elimizning ezgu niyat hamda istaklarini ifodalaydi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Sardorlar Kengashi, Namangan shahar 36-maktab sardorlari hamda faol o‘quvchilar birgalikda Qadriyat, urf-odat, an’ana va bolalar shiori ostida “Bolalar sayli” o‘tkazildi.

 Saylda maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli xil milliy o‘yinlar, osh tayyorlash musobaqalari, milliy taomlar ko‘rgazmasi hamda milliyligimizni aks ettiruvchi bayram tadbirlari tashkil etildi.