Markaziy Kengash raisi boshchiligidagi delegatsiya Tatariston Respublikasida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi a’zolari Alabuga shahridagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida boʻlib, Alabuga Politex kasb-hunar markazi faoliyati hamda bu yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ta’lim sifati va mashgʻulotlar samaradorligi, yoshlarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish va bandligini ta’minlash masalalarida fikr almashilib, oʻzaro manfaatli kelishuvlar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasidagi Alabuga Start dasturi ishtirokchilari bilan suhbatlashdi hamda ushbu dastur doirasida kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Shu bilan birga, “Alabuga” EIZ tomonidan talabalar va xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy infrotuzilmalar, “Aristotel”, “Pifagor”, “Gero”, “Gippokrat”, “Arximed”, “Da Vinchi”, “Gefest”, “Prometet”, “Janubiy Park” turar-joy majmuasi va “Alabuga Polytech” shtab-kvartirasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

#xizmatsafari #yoshlarittifoqi