
“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Buxoro viloyatida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi va Ichki Ishlar Buxoro viloyati Boshqarmasi bilan hamkorlikda “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi
18 ta jamoa qatnashgan ushbu qizg‘in bahslar breyn-ring yaʼni anʼanaviy savol javob tarzida tashkil etildi.
Intellektual bahslar yakuniga ko‘ra, 3-o‘rin Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2-o‘rin Buxoro shahar Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoasi va faxrli 1-o‘rin Romitan tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi egalladi.
Tadbir so‘ngida jamoalar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan shuningdek, boshqarma boshlig‘ining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu qizg‘in musobaqa xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
- Qo'shildi: 24.05.2023
- Ko'rishlar: 52
- Chop etish