@koronavirusinfouz rasmiy kanali ochildi

Rasmiy xabar.

Oʼzbekistonda koronovirus infektsiyasining tarqalishi va unga qarshi koʼrilayotgan choralar boʼyicha aholini toʼgʼri, xolis va aniq maʼlumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochildi.

Ushbu kanal Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.

Barcha OАV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manbaa sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.