Surxondaryoda "Kamalak yulduzlari" aniqlandi

Surxondaryodagi "Yoshlar markazi"da O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Viloyat bo‘yicha mazkur festivalda ishtirok etish istagini bildirgan 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan jami 5 ming 250 nafar yoshlardan ariza va anketalar qabul qilingan. Ularning 320 nafari viloyat bosqichida ishtirok etdi. Termiz shahridagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida festivalning 6 ta yo‘nalishidagi bahsda 208 nafar yakka va 16 ta jamoalarda 112 nafar bolalar o'z iste'dodlarini namoyon qilishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra har bir yo'nalish bo'yicha mutlaq g‘oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.