Navoiydan Namangan viloyatiga saxovat karvoni yuborildi

Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar koʻmagi bilan qariyb 200 mln soʻm ortiq 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va 7 turdagi antiseptik va gigiyenik vositalar namanganlik hamyurtlarimizga koʻmak sifatida yuborildi.

Ayni vaqtda pandemiya sharoitida koronavirus bilan kasallanganlar Namangan viloyatida 194 nafar (3 nafar vafot etgan)ni tashkil etganligi haqidagi faktlar navoiyliklarni befarq qoldirmadi va o'z ko'maklarini berish tashabbusi bilan chiqdilar.

Ishonchimiz komilki, ma'naviy qadriyatlari yuksak, mehr-saxovatli, hamjihat bo'lgan xalq
albatta, ushbu sinovli kunlarni tezroq yengib o'tadi.