Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda Ichki Ishlar Vazirligi Qorovul qo‘shinlari Qo‘mondonligiga qarashli Zarafshon shahridagi 7551-harbiy qism hamkorligida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini shakllantirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi xodimi harbiy xizmatchilar, ishtirokchilarga ushbu imzolanayotgan "Memorandum"ning mazmun mohiyati, kelgusida qilinadigan ishlar borasida qator tushunchalar berib o'tdi.