Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi, shuningdek yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilib tanlovda hamkor sifatida Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekison yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim. fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida yakuniy natijalarga ko‘ra, har ikkala tanlovda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar Adliya vazirligining maxsus diplomlari, pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan, shuningdek, uchta nominatsiyalar bo‘yicha munosib tarzda taqdirlandi. Jumladan:
“Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi bo‘yicha:
- Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Otayeva Shahlo Shavkatovna 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;
- Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Isayeva Naimaxon Nasibxonovna 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;
- Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Inombekova Asila Ikrom qizi 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 1 700 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.