Andijonda “Vatanparvarlik karvoni” festivali o‘tkazildi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Vatanparvarlik karvoni” festivali o‘tkazildi.

Festival davomida harbiy chiqishlar, sport musobaqalari, qurol va texnikalar ko‘rgazmalari, viktorina o‘yinlari, sport musobaqalari va ochiq muloqotlar tashkil etildi. Tadbir so‘ngida loyihalarda faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.