Andijon sardorlari O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga tashrif buyurdi
Andijon viloyatining faol maktab va tuman (shahar) sardorlaridan iborat bir guruh yoshlarimiz Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da joylashgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi Temurbek Poyonov sardorlar bilan uchrashib ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Shuningdek, Markaziy Kengash mas'ullari tomonidan "Yoshlar ijod saroyi"da yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shu bilan birga, 24/7 rejimida faoliyat olib borayotgan kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan tanishtirildi.
#uchrashuv #yoshlarittifoqi #poytaxt
- Qo'shildi: 05.03.2024
- Ko'rishlar: 574
- Chop etish