Navoiy, Qashqadaryo va Farg‘onada   “Basketbol” bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi Yoshlar oyligi doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, Navoiy viloyatida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida “Basketbol” sport turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatda 10 ta tuman (shahar)lardan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqada qizlar o‘rtasida, faxrli 3-o‘rinni Navoiy viloyatiga qarashli yengil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, faxrli 2-o‘rinni Navbahor tumanidagi 23-umumta’lim muassasasi, faxrli 1-o‘rinni "So‘g‘diyona" jismoniy tarbiya sport klubi qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada faxrli 3-o‘ringa Olimpiya zaxiralari kolleji, faxrli 2-o‘ringa "So‘g‘diyona" jismoniy tarbiya sport klubi, faxrli 1-o‘ringa ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi sportchilari sazovor bo‘ldi. Farg‘ona viloyatida ham “Basketbol” bo‘yicha musobaqalar ko‘tarinki ruhda yakunlandi. Unda maktab oʻquvchilari, kasb-hunar maktabi oʻquvchilari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan  yoshlar ishtirok etdi. Musobaqalarda jami 5000 nafardan ziyod yoshlar qamrab olindi.

Qashqadaryoda o’tgan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostidagi basketbol musobaqasi hududning Mirishkor, Qamashi tumanlari va  Qarshi shahridagi yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. G’olib va sovrindorlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.