Toshkent viloyati 2-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Toshkent viloyatidagi "Bolajon" istirohat bog‘ida Toshkent viloyati prokurori S.Samadovning tashabbusi bilan “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda 300 dan oshiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va bitiruvchi yoshlar ishtirok etishdi. 

Unda ishtirok etgan 8 nafar yoshning bandligi ta’minlanib, 2 nafarining kredit bo‘yicha muammosi ijobiy hal etildi. Yana 2 nafar yosh shahar tibbiyot birlashmasiga yo‘naltirilib, davolanishlari uchun qisqa muddatda imtiyoz berilishi belgilandi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida yoshlardan bir qator qiziqarli takliflar bildirildi. Xususan, sportning karate turi bo‘yicha prokuror kubogi tashkil etilishi taklifi yuzasidan joriy yilning iyun oyida shahar sport bo‘limi bilan hamkorlikda prokuror kubogi o‘tkazilishi belgilandi.


 Shuningdek, uchrashuv davomida 5 ta tashabbus yo‘nalishi doirasida tadbir o‘tkazilib, yoshlar hunarmandchilik, sport va tasviriy san’at yo‘nalishida erishilgan yutuqlar va ko‘rgazmali chiqishlar bilan uyushmagan yoshlarga ko‘tarinki ruh baxsh etishdi. Uchrashuv davomida, Toshkent viloyati prokurori S.Samadov tomonidan 2-sektordagi “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” moddiy sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarning 47 nafariga tikuv mashinasi hamda elektr pechlari taqdim qilindi.



Shuningdek viloyat prokurori tashabbusi bilan barcha tuman shahar prokurorlari bugun yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.