Navoiyda “Yoshlar va qonun” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Yoshlar va qonun” Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Tanlovda tuman, shaharlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9 ta jamoa 4 shart bo‘yicha bellashdilar:

1-Shart “Sud va majlislar modeli”
2-Shart “Huquqiy islohotlar bosqichi”
3-Shart “Yoshlarga oid qonunchilik – yoshlar nigohida”
4-Shart “Huquqingni angla”

Sog‘lom raqobat ostida kechgan ushbu tanlovda 1-o‘rinni Navoiy shahrining “Yosh advokatlar” jamoasi, 2-o‘rinni Uchquduq tumanining “Femida” jamoasi, 3-o‘rinni esa Qiziltepa tumanining “Femida” jamoasi sazovor bo'ldi. Navoiy shahrining “Yosh advokatlar” jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib, ushbu bosqichda viloyat sharafini himoya qiladi.