Urganch tumanida 16-20 yosh toifasidagi yoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

Bugun Xorazm viloyatining Urganch tumanida 16-20 yosh toifasidagi yoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi.

Unda 20 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa natijalariga ko'ra, 3-o'rin "Orzu" mahallasiga nasib etgan bo'lsa, 2-o'ringa "Oq-maktab" mahallasi sazovor bo'ldi. Mutlaq g'olib esa  – "Anjirchi" mahallasi. 

 

 

—Sport hayotimning bir bo'lagi, –  deydi urganchlik ishtirokchilaridan biri Doniyor Ro'zmetov. — Mahallamiz yigitlari bilan birga bo'sh vaqtimizda albatta, futbol o'ynaymiz. Bundan ham kuch, ham zavq olamiz.  Bugungi Yoshlar oyligi doirasida o'tkazilgan musobaqada ham g'olib bo'lish umidida jamoamiz bilan ishtirok etyapmiz.