Hamdam Sharahmedov: "O'zbekistonga keladigan sayyohlarning 60%ga yaqinini fotograflar tashkil qiladi"

"Yoshlar media oromgohi"ning "Fotografiya" yo'nalishi ishtirokchilari olgan bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlab, fotografikaning sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganishmoqda.

-Har kim ham fotograf bo'lishi mumkin, ammo ichki hissiyot va insonlarning nimani xohlashini anglay olish eng muhimi. Fotograflikning "kvadrat metr"lari bor. Hamma ishlarni ham omma e'tiboriga havola etib bo'lmaydi. O'zbekistonga keladigan sayyohlarning 60%ga yaqinini fotograflar tashkil qiladi. Bu esa sohaning ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi, - deydi trener Hamdam Sharahmedov.