"Yoshlar va qonun" tanlovining Jizzax viloyat bosqichi yakunlandi

Yoshlarning huquqiy onggi va madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida "Yoshlar va qonun" respublika ko‘rik tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Uzoq muzokaralarga boy bo‘lgan tanlovda faxrli 3-o‘rinni Arnasoy tumanining “Adliya” jamoasi, 2-o‘rinni Forish tumanining "Qonun posbonlari" jamoasi, 1-o‘rinni esa G‘allaorol tumanining "Qonun targ‘ibotchilari" jamoasi egalladi.

Endilikda G‘allaorol tumanining "Qonun targ‘ibotchilari" jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib, viloyat sharafini himoya qiladi.