Yoshlar oyligi: Shirin shahrida "Sektor va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

Iyun oyi yurtimizda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostidagi Yoshlar oyligi deb e'lon qilingan. Mazkur oylik doirasida hududlarda yoshlarga oid turli loyiha, musobaqa, tanlov va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida ham Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi shahar Kengashi tomonidan "Sektor va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi. 

 Uchrashuv davomida tuman sektor rahbarlari ishtirokida yoshlarning muammao va kamchiliklari, takliflari tinglanib, barcha masalalar nazoratga olindi.

Murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini yo'lga qo'yish, ta'lim va ijtimoiy himoyaga doir masalalardan iborat.