Shohrux Sobirjonov To'raqo'rg'onda "Yil sardori" sifatida e'tirof etildi

Kuni kecha Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida "Yil sardori" koʻrik- tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Mazkur ko'rik-tanlov Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi " Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Unda sardorlarning oʻzaro doʻstlashuvi, tajriba almashinuvi orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sardorlarni qoʻllab- quvvatlash, ularda yoshlar bilan ishlash koʻnikmalari, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, yetakchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlari hamda erishgan yutuqlarini ommalashtirish, liderlik qobilyatlarini kuchaytirish hamda eng faol sardorlarni ragʻbatlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Tanlovda sardorlar 4 ta shart boʻyicha murosasiz bellashib oʻzlarini bor imkoniyatlarini sinab koʻrishdi. Natijalarga koʻra tumanning eng namunali " Yil sardori"  sifatida Is'hoqxon Toʻra Ibrat maktabi sardori Shohrux Sobirjonov e'tirof etildi.  Shoxruhjon tanlovning hududiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toʻraqorgʻon tuman Kengashi raisi Nilufar Aliyeva ishtirokchilarni munosib taqdirladi.