Yoshlar tuman hokimi vazifasini bajarishdi

Bugun Uchquduq tumani hokimi Soli Hamroyevning ish kuni odatdagidan biroz boshqacharoq boshlandi. Hokim yoshlar bilan o‘z ish xonasida uchrashdi.

Uchrashuvda Soli Hamroyev yoshlarga hokimlik kursisida o‘tirishga imkon berdi. Hokimlik lavozimining mas’uliyatini his qilgan “Yosh hokimlar” yangi marralar, katta dovonlar, ulug‘ maqsadlar bilan muloqotlardan motivatsiya olib tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarishdi.

18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlari tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Otabek Hasanovning “Liderlar” kitobi  asosida  fikr-mulohazalari o‘rtaga tashlandi.  

Shuningdek, maktabning 11-sinf o‘quvchilari Munisa Ibodullayeva, Ozoda Axmatova va Farruh Egamberdiyevlar Soli Hamroyevning hayoti hamda ish faoliyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.