“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi

Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.

Prezidentimizning 2018-yil 12-maydagi "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovda yoshlarning nafaqat kitobdan olgan bilimi, balki dunyoqarash va fikrlashi ham sinovdan o‘tkazildi. Marraga esa eng kuchli, salohiyatli va albatta, irodalilar birinchilardan bo‘lib yetib keldi.

Shunga ko‘ra, tanlovning 20-30 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichida Andijon viloyati vakili Fotima Mamtaliyeva 369 ball bilan 1-o‘rinni egalladi. Buxoro viloyatidan Shamshoda Xamdamova 361,3 ball bilan 2-o‘ringa loyiq topildi. Surxondaryolik Sanjar Shotemirov esa 319 ball bilan 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.