"Yosh kitobxon" tanlovining 15-19 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan Kitobxonlik haftaligi doirasida tashkil etilgan "Yosh kitobxon" tanlovining 15-19 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.

Murosasiz kechgan bahslarda Toshkent shahri vakili Maftuna Umarova 361,4 ball bilan 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 326,3 ball to‘plagan qashqadaryolik Munisa Norqobilova 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Tanlovda kuchli uchlikni Andijon viloyatidan kitobxon qiz Dilnavoz Xayitahmatova yakunlab berdi.

1-o‘rin g‘olibiga Prezident sovg‘asi — "Spark" avtomobili, 2-o‘rin sohibiga 30 million so‘m va 3-o‘rin sohibiga 15 million so‘m taqdim etildi.