"Yangi Oʼzbekiston – yangi gʼoyalar" umumiy shiori ostida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga marhamat!
"Yangi Oʼzbekiston – yangi gʼoyalar" umumiy shiori ostida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlanganini ma'lum qilamiz!
O’zbekiston yoshlar ittifoqi, O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorlikda "Xorijiy innovatsion gʼoyalar va texnologiyalar hamda ularni Oʼzbekistonda tadbiq qilish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanini o’tkazadi.
Аnjumanda quyidagi 4 yo’nalishda ishtirok etishingiz mumkin:
➡️ 2021-yil 12-aprel — IT texnologiyalari sohasini rivojlantirish
➡️ 2021-yil 28-iyun — Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish
➡️ 2021-yil 13-sentabr —Turizmni rivojlantirishda jahon tajribalari
➡️ 2021-yil 20-dekabr — Muqobil energiya resurslaridan foydalanish.
Qaysidir yo’nalish sizni qiziqtirgan bo’lsa, joriy yilning 15-martiga qadar roʻyxatdan oʻtishni unutmang. Yaxshisi, hoziroq o’tib qo’ying. Keyin tayyorgarlikni boshlaysiz.
- Qo'shildi: 19.02.2021
- Ko'rishlar: 77
- Chop etish