Yoshlarimiz Nodirbek Аbdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev FIDE reytingida TOP-10dan joy oldi

 Xalqaro shaxmat federatsiyasi fevral oyi uchun oʼzining yangi reyting jadvalini eʼlon qildi.  Eʼtiborlisi, tashkilotning oʼsmirlar reytingida ikki nafar yoshlarimiz kuchli oʼntalikdan joy oldi.

Reytingning toʼrtinchi pogʼonasidan Nodirbek Аbdusattorov joy olgan boʼlsa, 8-oʼrinni Nodirbek Yoqubboyev egalladi. Jamoamiz shaxmatchi yoshlarga kelgusida ham omad va muvaffaqiyat tilaydi.