Tanlov gʼoliblari taqdirlandi

Toshkent Fotosuratlar uyida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʼtkazilgan “Oʼzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!” mavzusidagi tanlov gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Vatanparvarlik, “Vatanga qasamyod”ga sodiqlik, xalq bilan armiyaning birdamligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, mardlik va jasorat kabi mazmuniy yoʼnalishlar boʼyicha tashkil etilgan tanlovda rangtasvir ishi va grafika nominatsiyalari boʼyicha 150 ga yaqin ijodiy ishlar saralandi. Ishtirokchilar Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan professional ijodkorlar va Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan hayʼat aʼzolari tomonidan

Havaskorlar orasida rangtasvir ishi yoʼnalishida Respublika ixtisoslashtirilgan davlat maktabi oʼquvchisi Farruh Mamadiyorov gʼolib boʼlgan boʼlsa, grafika yoʼnalishida muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Jasurbek Jaʼfarov eʼtirofga sazovor boʼldi.

Professional ijodkorlar orasida rangtasvir ishida Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Kamoliddin Faxriddinov birinchilikni qoʼlga kiritdi. Grafika yoʼnalishida gʼoliblik Milliy gvardiya tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining tasviriy sanʼat oʼqituvchisi Bobur Rasulovga nasib qildi.