“Oʼzbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasini tartibga solish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʼmitasi tomonidan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Oʼzbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasini tartibga solish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

XMTning maʼlumotiga koʼra, xalqaro migrantlarning umumiy soni dunyo boʼylab qariyb 272 million kishini tashkil etib, ularning uchdan ikki qismi mehnat migrantlari hisoblanadi.

— Bugungi kunda xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ularga koʼmak berish maqsadida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyat olib borayapti. Аssotsiatsiyaning hozirda 14ta davlatda vakillari mavjud. Bugun qator davlatlardan vakillarimiz ishtirok etib, muammolar va amaliy ishlar haqida gapirishdi. Takliflar berildi. Biz Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tizimli ishlarni davom ettiramiz, — dedi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar boʼlimi bosh mutaxassisi, konferensiya ishtirokchisi Istam Hamrayev.