"Toshkent yoshlarni sevadi" festivali doirasida yoshlar muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, 6-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida yoshlar festivaliga start berildi. Yoshlar oyligida turli tadbirlar, mahorat darslari, ko'rgazma va uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuni kecha "Hilton" mehmonxonasida taniqli tadbirkorlar Zafar Hoshimov va Murod Nazarov bilan uchrashuv tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlar tadbirkorlik sohasida o'z bilimlarini oshirish, o'z savollariga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.