Yoshlar ittifoqi O'zbekiston yoshlarini 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy qutlaydi

Yoshlik - bu bilim, kuch-quvvat, shijoat va albatta imkon pallasi!

Biz butun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida o‘zbekistonlik barcha yoshlarga mustahkam sihat-salomatlik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda muvaffaqiyat tilaymiz!

 Bu gal tabrigimizda balandparvoz shiorlardan voz kechib, mamlakatimiz yoshlariga bir chorlovni yetkazmoqchimiz - buyuk kelajakni kutib yashagandan, uni bugunning o‘zidan, o‘tayotgan har bir onimizdan unumli va oqilona foydalanib, har kun yaratib borganimiz maqsadga muvofiq!

G‘oyalaringiz, shijoatingiz va pok qalbingizdagi nurni hech ham so‘ndirmang, do‘stlar!

Yoshlar kuni hammamizga qutlug‘ bo‘lsin!