Yosh robototexniklar aniqlandi

Qarshi shahrida «Yoshlar oyligi» doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan «Robo futbol» musobaqasi o‘tkazildi. Unda 16 nafar iste’dodli yosh robototexniklar bosh sovrin uchun kurashdi.

– Bizning robototexnika to‘garagimiz Qarshi shahridagi “Nasaf ilm maskani” o‘quv maskanida bir yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda, - deydi to‘garak rahbari Shohruh Mirzayev. – Bu yangi yo‘nalishga qiziquvchi bolalar talaygina. Mashg‘ulotlarni yaqinda boshlaganimizga qaramay, shogirdlarim bilan respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldik. Bugungi musobaqani tomosha qilgan yoshlarning ko‘pchiligi bu yo‘nalishni o‘rganishga xohish bildirishdi.