Andijonda 10 mingta tibbiy niqob va 2 mingta qo‘lqoplar, Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha 5 mingta targ‘ibot bukletlari haydovchilar va aholiga bepul tarqatildi

Andijonda Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda. 24-martdan boshlab Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi. 25-martdan maskasiz yurish holati birinchi marta qayd etilsa - bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari, takroran sodir etilsa - bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Andijon viloyatidagi barcha fuqarolarni COVID-19 pandemiyasidan himoyalash maqsadida turli tashkilotlar tomonidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Andijon viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi va "FACE MASK" MChJ korxonasi tomonidan viloyatning 10 dan ortiq hududlarida 10 mingta tibbiy niqob va 2 mingta qo‘lqoplar, Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha 5 mingta targ‘ibot bukletlari haydovchilar va aholiga bepul tarqatildi.