Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari tayinlandi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan Durdona Raximova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Raximova Durdona Shukurullayevna 1989-yil 8-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 2013-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Uzoq yillar davomida Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Ishonamizki, mazkur tayinlov ayollarning jamiyatimizdagi mavqeini oshirish, ularga boʻlayotgan eʼtiborning samarasini yana bir bor tasdiqlaydi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Durdona Raximovaning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.