"Tahsin" mukofotiga kimlar munosib ko'rildi?

16-dekabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan yangi "Tahsin" mukofotining taqdirlash marosimio‘tkazildi. Unda davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari,  faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tanlovga noyabr oyi davomida vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi, fan-ta'lim,  ijtimoiy soha, san'at, madaniyat, jurnalistika hamdasport sohalaridagi500nafarga yaqin nomzodlar tavsiya etilgan.

Mazkur nomzodlarorasidan turli nominatsiyalar bo'yicha 22 nafar sovrindorlarni har bir sohaning tajribali mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi baholash mezonlari asosida aniqlab berdi.

“Tahsin” mukofoti g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimini Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ochib berdi. Ilk mukofotni“Qurolli Kuchlar sohasida O‘zbekiston nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun” nominatsiyasi bo'yichaNavoiy viloyati DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi raisi Zumrad Turayeva va Mudofaa vazirligining xalqaro “Army – 2019” tanlovida g‘olib bo‘lgan tankchilar ekipaji qo‘lga kiritdi.

“O‘zbek tilida masofaviy ta’lim olish imkoniyatlari rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”nominatsiyasiga “Khan Academy” munosib topildi.Sovrinni fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov topshirdi.

“Ilm-fan sohasini rivojlantirishdagi kuchli irodasi va matonati uchun”mukofotniO'zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi” direktori Rano Shodiyevalar topshirdi.Mazkur nominatsiyadako‘zi ojizlar uchun brayl alifbosidaingliz tilidagi ilk o‘quv qo‘llanmani yaratishda hissa qo‘shgan Xurshid Toshevg'olib bo'ldi.

“San’at sohasidagi iqtidori uchun” nominatsiyasi bo‘yicha ko'zi ojizlar musiqa maktabi o'qituvchisi, xalqaro tanlov g'olibi, pianinochi  Sevara Mirsiddiqova nomzodi muvaffaqiyat qozondi. O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri rahbariKamoliddin O‘rinboyevSevaraga kelgusida ham zafarlar hamrohligini tiladi.

“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashabbuskorligi uchun” Shohijaxon Dehqonovgamukofotni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, INHA universiteti bosh menejeriHilola Umarovatopshirdi.

Atrof-muhit ozodaligini ta’minlashdagi tashabbuskorligi uchun” nominatsiyasida “Hashar week"loyihasi asoschisi SunaPak va Jarqo'rg'onda o'rmonzor yaratgan Namoz Jumayevlar zafar quchdi. Ularni “Smartgov Consulting” tashkiloti rahbari, bloger Aziza Umarova va bloger Nikita Makarenkolar taqdirladi.

“Haykaltaroshlik yo‘nalishi rivojidagi tashabbusi uchun” Bahrom Norboyev,“Kitobxonlikni rivojlantirishdagi tashabbusi uchun”“Asaxiy books” asoschisi Firuz Allayev,“Ommaviy axborot vositalari sohasidagi faolligi uchun”nominatsiyalarida daryo.uz sayti muxbiri Madina Nurmanovalar peshqadam bo'ldi. Jurnalist Baxtiyor Nasimov, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi, “Chegarasiz” loyihasi qahramoni Mahliyo O‘roqova hamda bloger Dima Qayumlar sovrindorlarga muvaffaqiyat tiladi.

“Mamlakat sport imidjini ko‘tarishda qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni Eldor Shomurodov va Kumush Fayzullayevalar qo'lga kiritdi.Gimnastika bo‘yicha jahon chempioni Oksana Chusovitina va Sport sharxlovchisi Mirzaxakim To‘xtamirzayevlar sportchilarni samimiy qutladilar.

“Bolalar va yoshlar o‘rtasida volontyorlik harakati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Ibrohim Xodjiyev va ekspert Dilfuza Qurolovalar tomonidan Jizzax viloyati 2018-2019-o‘quv yilida Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti sardori Dilshod Sharofov va Toshkent shahri “Vremya Chudes” volontyorlik harakati asoschisi Shirin Abidovalarga topshirildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi direktori Mehroj Rashidov“Tadbirkorlik yo‘nalishida ko‘rsatgan tashabbusi uchun” Toshkent shahri Navoiy viloyatida ho‘l va quruq mevalar eksporti bilan shug‘ullanuvchi “Teodora Goods” hamda “Theodora Group” MChJlari rahbari Dildora Atadjonova va “MFaktor” loyihasi asoschilari Xasan va Xusan Mamasaidovlarni taqdirladi.“MFaktor"loyihasi asoschilari taqdim etilgan 10 million so'm miqdoridagi mukofot pulini bloger Dima Qayum kutubxonasi ravnaqi uchun sovg‘a qildi.

“Yuksak mehr va e’tibor uchun”

Toshkent shahri “Mehrli qo‘llar” loyihasi muallifi Bahrom Aliyev, “Mehribon yurak” aksiyasida yurak xastaligiga chalingan, jarrohlik amaliyotiga zarurati bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 14 nafar bolalarga beg‘araz jarrohlik amaliyotini qo'llagan bosh shifokor Murod Ahmedov, “Yoshlar” telekanalida “7-qadam” xayriya loyihasi muallifi Hamza Jumayev hamda “Kun.uz” internet nashri xayriya loyihasi asoschilariO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va Para-suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, “Chegarasiz” loyihasi qahramoniNilufar Ahmedovalar tomonidan e’tirof etildi.

“Yuksak insoniylik, mardlik va jasorati uchun” nominatsiyasigaOlamafro’z Abdullayev munosib topildi.Mukofotni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa'dullayev topshirdi. Olamafro‘z Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida yuz bergan baxtsiz hodisada o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib 8 nafar insonni birinchilardan bo‘lib qutqargan.Ushbu qahramonligi uchun Chelyabinsk viloyati tomonidan “Speshite delat dobro” medali bilan taqdirlangan.

Tanlov g‘oliblarining har biri 10 million so'mdan pul mukofoti, statuetka hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.