Qashqadaryoda "Yosh saylovchi - 2019" forumi bo'lib o'tdi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan viloyatda “Kelajagim uchun ovoz beraman!” shiori ostida “Yosh saylovchi-2019” forumi o'tkazildi.

Forum doirasida Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabi orkestor jamoasining konsert dasturi hamda o‘quvchilarning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Shuningdek, forum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurtida tashkil etilgan 848-saylov uchastkasi faoliyati bilan tanishtirildi.

Forumning asosiy qismida mutaxassislar tomonidan yoshlarga “Saylov kodeksi” mazmunini tushuntirish, o‘tkazilayotgan saylovlar borasida yosh saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta saylovda qatnashadigan yoshlarning xabardorligini oshirish haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Forumda 250 nafardan ortiq birinchi marta saylovda ishtirok etadigan yoshlar, oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.