Farg'onada "Men saylov tayyorman" tanlovi o'tkazildi

Fargʻona davlat universitetida “Men saylovga tayyorman” respublika tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Saylov va saylovoldi jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning saylovoldi savodxonligi va saylov madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etishga qaratilgan tanlovda viloyatdagi 7 ta oliy taʼlim muassasalaridan 5 nafardan huquqiy va siyosiy savodxonligi yuksak, faol talaba-yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tanishtiruv, savol-javob va viderolik kabi 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdi.
Jamoalarni siyosiy partiyalar, Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat saylov komissiyasi vakillari hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi mas'ullaridan iborat hakamlar hayʼati baholab bordi.

Yakuniy natijalarga koʻra, faxrli 1-oʻrinni Fargʻona politexnika institutining “Yangi avlod parlamenti” jamoasi qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialining “Xorazmiy” jamoasiga nasib etdi. 3-oʻringa esa Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialining “Yosh tibbiyotchi” jamoasi sazovor bo'ldi.