62 nafar "Kamalak" bolalar tashkiloti raislari uchun o'quv-seminarlar tashkil etildi

Sirdaryo viloyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan tuman (shahar) “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari uchun 3 kunlik o‘quv-seminar bo'lib o'tmoqda.

Unda rahbarning emotsional intellekti, yosh liderlarni tarbiyalash jarayonlariga zamonaviy boshqaruv menejmentini joriy etish masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, liderlik va jamoa bilan ishlash psixologiyasi, liderlar mahorati, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va sardorlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, “Khan Akademiya” dasturini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish hamda “Zakovat” klubini Respublikamizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etish mavzularida ma'ruzalar tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Nuriddin Ubaydullaev, Xalqaro darajadagi psixolog Dilbar Xojimuxamedova, falsafa fanlari doktori professor, xalqaro toifadagi trener Jamila Shermuxamedovalar tomonidan o‘tkazilayotgan seminarda jami 62 nafar tuman (shahar) “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari ishtirok etmoqda.

Hududlardagi Kamalak” bolalar tashkiloti raislarining malakalarini oshirishga qaratilgan o'quv-seminar 30-noyabrga qadar davom etadi.